Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə42/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

7. Oilaning regulyativ vazifasi. Har qanday ijtimoiy guruh, uyushma mavjud ekan, uning faoliyati boshqariladi. Oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solish, ularning faoliyatlari yuzasidan ijtimoiy nazoratni yo’lga qo’yish, oilada otaning ustunligini ta’minlash, shuningdek, otaning oilada alohida obro’ga ega bo’lishiga erishish oilaning regulyativ, ya’ni, boshqaruv vazifalari sirasida alohida o’rin tutadi. Oila faoliyatini boshqarishda uning a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solish, ushbu munosabatlarning tartibga solinishida esa mehnat taqsimoti muhim ahamiyatga ega. Bunda, eng avvalo, har bir oila a’zosi zimmasiga ma’lum vazifalarni yuklanishiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalar tomonidan oilaning eng kichik yoshli (3-4 yoshli) a’zolari zimmasiga ham ma’lum vazifalarning yuklatilishi qator afzalliklarga ega. Xususan, 1) yoshlikdan mehnat ko’nikmalari shakllanadi; 2) mas’uliyat hissi tarbiyalanib boradi; 3) asta-sekin bolalar ongida oilada o’z o’rniga egaligi to’g’risidagi tushuncha shakllana boradi.
Bolalar oilada o’zaro hamjihatlikda mehnat qilar ekanlar, o’zlarining hamda boshqalarning mehnatini qadrlashni o’rganadilar. Qolaversa, bir-birlarini hurmat qilish, har qanday vaziyatda ham bir-birlarini qo’llab-quvvatlash, bir-birlariga o’zro yordam ko’rsatishga odatlanib boradilar. Oilada mehnat taqsimotining oqilona yo’lga qo’yilishi esa ijtimoiy munosabatlarda tartibga erishish, ro’zg’orga baraka kirishini ta’minlaydi. Qat’iy tartib o’rnatilgan oilalarda uning a’zolari o’rtasida o’zaro kelishmovchiliklar yuzaga kelmaydi, janjallar sodir bo’lmaydi.
Oilaning boshqaruv vazifasi sirasiga uning byudjetini yaratish, pul mablag’laridan to’g’ri, oqilona foydalanish ham alohida o’rin tutadi. Ota-onalar bolalarga yoshlikdan qilinadigan sarf-xarajatlarning miqdori ishlab topiladigan pul mablag’lari summasidan oshmasligiga e’tiborli bo’lish kerakligini, sarf-xarajat qilishdan mavjud pul mablag’ining umumiy summasini inobatga olgan holda dastlab eng muhim va muhim narsalarni sotib olish zarurligini o’rgatib borishlari zarur. Oila byudjetining samarali shakllantirilishi va undan oqilona foydalanish ota-onalar tomonidan farzandlarning moddiy qo’llab-quvvatlanishi uchun imkon beradi.
Boshqaruvni tashkil etishda ota-onalar farzandlari xatti-harakatlarini nazorat qilib borish zimmalaridagi mas’uliyatli yumush ekanligini unutmasliklari lozim. Farzandlarning kun tartibiga ega bo’lib, unga qat’iy rioya qilishlari ular faoliyati ustidan ijtimoiy nazoratni tashkil etishda yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi.
Oilada otaning ustunligini ta’minlash, uning oilada alohida obro’ga ega bo’lishiga erishish esa oila a’zolari o’rtasidagi shaxslararo munosabatlarning samarali kechishini, farzandlar tarbiyasining ijtimoiy mazmun kasb etishiga olib keladi. Shu sababli onalar oilada otaning mavqeini yuqori bo’lishini ta’minlay olishlari zarur. Shundagina farzandlar har bir ishni amalga oshirishda otadan ruxsat va yuzaga kelgan katta-kichik muammolarni hal qilishda maslahat so’rash, duo olishga odatlanib boradilar. Otaning mavqei yuqori bo’lgan oilalarda farzandlar odobli, axloqli bo’lib voyaga ketishadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin