Nazorat savollari: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning oilaga bergan ta’rifini izohlang?
2. Zamonaviy oila qanday vazifalarni hal eta olishi lozim?
3. Oilaning iqtisodiy vazifasi nimalardan iborat?
4. Oila reproduktiv vazifasi nima?
5. Oilaning rekreativ vazifasi nimalardan iborat?
6. Oilaning kommunikativ vazifasi nima?
7. Oilaning regulyativ vazifasi sirasiga nimalar kiradi?
8. Oilaning feliotsitologik vazifasi nimalardan iborat?
9. Oilaning relaksatsiya vazifasi deganda nimani tushunasiz?
10. Hozirgi zamon oilasining qanday funktsiyalari mavjud?
11. Oilaviy munosabatlar qanday muhim uslublarga asoslanadi?
Mavzuga oid adabiyotlar: 1. Karimov I.A. O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Toshkent: O’zbekiston, 1996.
2. Inomova M. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi – Toshkent: ? 1999.
Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi. – Toshkent: Fan, 2006.
Karimova O. Oila huquqi asoslari. – Toshkent: O’qituvchi, 2003.
Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. – Toshkent: O’qituvchi, 1998.
Amaliy topshiriqlar: 1. “Qanday?” grafik organayzeri vositasida kichik guruhlarda zamonaviy oila tomonidan hal qilinadigan vazifalarning mazmunini aks ettiruvchi tasvirni yarating.
2. Oilaviy munosabatlar holatining zamonaviy oila oldidagi vazifalarni hal qilishga ta’siri xususida bahs-munozara tashkil eting.
3. Zamonaviy oilalar uchun xos muloqot uslublari mohiyatini aks ettiruvchi jadvalni yarating.
Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar: 1. Talabalar dastlab kichik guruhlarda ishlab, zamonaviy oila tomonidan hal qilinadigan muayyan vazifalar bilan tanishib chiqadilar. So’ngra talabalar har bir guruh vakili tomonidan bildirilgan mulohazalar asosida jamoa bo’lib “Qanday?” grafik organayzeri vositasida zamonaviy oila oldidagi vazifalarni ifodalovchi tasvirni yaratadilar. Jamoa tomonidan yaratiladigan tasvir taxminan shunday ko’rinishga ega bo’lishi mumkin:
2. Oilaviy munosabatlar holatining zamonaviy oila oldidagi vazifalarni hal qilishga ta’siri xususidagi bahs-munozara quyidagi mavzuda tashkil etiladi: “Oilaviy munosabatlarning oila vazifalarini hal qilishdagi roli”.
3. Zamonaviy oilalar uchun xos muloqot uslublari mohiyatini aks ettiruvchi jadvalni yarating.