Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə6/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Pedagogik kuzatish. Ushbu metod yordamida tadqiqotchi tomonidan oilada tashkil etiladigan pedagogik (tarbiyaviy) jarayon bevosita yoki bilvosita sinchiklab o’rganiladi. Pedagogik kuzatish orqali oiladagi tarbiyaviy jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq aniqlanadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil, tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish oila tarbiyasi samaradorligiga erishish, barkamol shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, u holda metodning ahamiyati yanada oshadi.
Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar jarayonida pedagogik kuzatuv metodini qo’llashda tadqiqotchi samaradorlikka erisha olishi zarur. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

  1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

  2. kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish;

  3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish;

  5. xulosa chiqarishga shoshilmaslik.

Suhbat metodi. Ilmiy tadqiqot metodlaridan biri bo’lgan – suhbat asosida tarbiyani tashkil etish jarayonida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to’g’ri baho berish, oilaviy muammolar echimini topishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat metodi maqsadga muvofiq holda individual, guruhli va ommaviy shakllarda tashkil etiladi. Uni tashkil etish jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to’la-to’kis namoyon bo’lishiga erishish muhimdir. Oila tarbiyasini tashkil etishda suhbat metodini qo’llashda ham muayyan shartlarga amal qilish talab etiladi. Ular quyidagilardir:

  1. tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar o’rtasida o’zaro mantiqiy bog’lanish va izchillikni ta’minlash;

  2. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;

  3. suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to’xtamga kelish;

  4. suhbatdosh to’g’risida avvaldan ayrim ma’lumotlarga ega bo’lish;

  5. suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish;

  6. suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;

  7. savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;

  8. olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin