Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə8/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Pedagogik tahlil. Oila, oilaviy munosabatlar mavzusidagi tadqiqotlarni olib borishda pedagogik tahlil metodidan ham keng foydalaniladi. Uni qo’llashdan ko’zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik, pedagogik yo’nalishlarda o’rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo’lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Pedagogik tajriba. Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda pedagogik tajriba (eksperiment – lot. “sinab ko’rish”, “tajriba qilib ko’rish”) metodi ham keng qo’llaniladi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega bo’la olishi va samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo echimini topishga yo’naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Pedagogik tajribani tashkil etayotgan tadqiqotchi o’zi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodika samaradorligini baholay olishi zarur.
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metod. Oila va oilaviy munosabatlar muammolarini tadqiq etishda ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metodni qo’llash ham ijobiy natijalarni qo’lga kiritishga yordam beradi. Ushbu metod muayyan shaxs, guruh yoki jamiyatning shakllanish tarixini o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, pedagogik ob’ekt (yoki sub’ekt)ni qiyosiy o’rganish va yakuniy xulosalarga kelish imkoniyatini beradi.
Turli oilalarning hayoti, ota-onalar faoliyati bilan tanishish orqali ularning farzandlar tarbiyasini tashkil etishda tarbiya metodlaridan foydalanish tajribalarini o’rganish yoshlar uchun o’ziga xos tajriba maktabi vazifasini o’taydi. Ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metodni qo’llashda quyidagi savollardan foydalanish oila tarbiyasida samarali ta’sirga ega metod va vositalardan qay darajada foydalanilaganligini aniqlash imkonini beradi:

  1. Bolalarga ta’sir ko’rsatish vositalarining barchasi ham samarali tarbiyaviy ta’sirga egami? Fikringizni misollar yordamida bayon eting.

  2. Oilada farzandlarga samarali pedagogik ta’sir ko’rsatishning qanday yo’llari mavjud deb o’ylasiz?

  3. Farzandlaringizning harakatlaridan norozi yoki xursand ekanligingizni ularga qay tarzda bildirasiz?

  4. Farzandlarning axloqi, xatti-harakatlariga qo’yiladigan talablar turi va shakli jihatdan ko’pligini qanday izohlaysiz? Tarbiya jarayonida ulardan birdek foydalanish maqsadga muvofiqmi? Fikringizni dalillar yordamida asoslashga urinib ko’ring.

  5. Farzandlarni mustaqil hayotga tayyorlashni qachondan boshlash zarur? Bu jarayonda qanday usullardan foydalanish samarali hisoblanadi? Hayotiy tajribangizda farzandlarni mustaqil hayotga tayyorlashda qanday usullardan foydalanasiz?

  6. Oila sharoitida bolalarda ogohlik hissini shakllantirishda qanday usullarni qo’llash samarali sanaladi?

  7. Uyaltirish metodi qanday vaziyatda samarali tarbiyaviy vosita bo’la oladi? Fikringizni shaxsiy tajribangiz, hayotiy misollar yordamida bayon eting.

  8. Bolalarda tadbirkorlik xislatini tarbiyalashda qanday metodik talablarga amal qilish zarur?

  9. Ota-onangiz tomonidan Sizga nisbatan qo’llanilgan tarbiya usullarini eslay olasizmi? Ularning qaysi birlaridan amalda foydalanayapsiz?

10. Tajribangizda qo’llanilayotgan ijobiy va salbiy tarbiya metodlarni guruhlab, salbiylarini cheklashga urining.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin