Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə82/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Bilish - ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.
Bolalar jinoyatchiligi - salbiy ijtimoiy huquqiy hodisa bo’lib, voyaga etmaganlar tomonidan sodir etiladigan barcha g’ayri huquqiy xatti-harakatlar majmuasi hisoblanadi.
Bolaning ijtimoiylashuvi - uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu jamiyatda xos bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini o’zlashtirishdan iborat. (M.Galaguzova)
Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi - bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko’nikishi, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi.
Bolaning ijtimoiy dezadaptatsiyasi - uning ijtimoiy muhit sharoitlariga muvaffaqiyatli ko’nikishiga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo’qotilishi.
Bolalikni ijtimoiy himoyalash - qonunchilik va bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro konventsiyada mustahkamlangan voyaga etmaganlar huquqlarining kafolatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bu bolalarning optimal biologik va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarga ko’nikishini ta’minlab beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik-pedagogik choralar kompleksidir.
Bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish - ijtimoiy himoyaning shakllaridan biri bo’lib, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi- ijtimoiy pedagog bolalarga turli yordam ko’rsatadi. Biroq ularning ichida ustuvor yordam bolalikni ijtimoiy pedagogik qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Bolalikka olish - bolalikka oluvchi va bolalikka olinuvchi o’rtasida ota-ona va farzandlar o’rtasida mavjud huquq va majburiyatlarni o’rnatuvchi yuridik akt.
Vasiylik - muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish.
Vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin