Tg’R
|
Guruhlar
|
Topshiriqlar mavzusi
|
1.
|
1-guruh
|
Oilaning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi negizidagi vazifalari
|
2.
|
2-guruh
|
Mahallaning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi negizidagi vazifalari
|
3.
|
3-guruh
|
Maktabning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi negizidagi vazifalari
|
Topshiriqni bajarish chog’ida guruhlarning e’tiboriga quyidagi matnlar taqdim etiladi:
I. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida oila tomonidan bajariladigan vazifalar:
oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’r bo’lishni ta’minlash;
oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab etishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
farzandlarga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib etishishlarini ta’minlash;
bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
bolalarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
o’z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;
bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish;
oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishdagi mas’ulligini ta’minlash;
bolalarda sanitariya-gigienik, ekologik ko’nikmalarni shakllantirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi immunitetni hosil qilish;
sog’ligida va aqliy nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasbu-kor o’rgatish.
II. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida mahalla tomonidan bajariladigan vazifalar:
mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashish va oqilona echimlarini topishda faollik ko’rsatilish;
mahalla o’z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo’llab-quvvatlash va farzandlarining bilim hamda tarbiya olishlariga bosh-qosh bo’lish;
ma’nan nosog’lom oilalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko’rish;
mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko’rsatilishini qo’llab-quvvatlash;
ota-onalar orqali bolalarda tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik kabi xislatlarini tarbiyalash;
yoshlarning diniy mazhablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to’g’ri anglab etishiga ota-onalar orqali ta’sir ko’rsatish, ajdodlarning tarbiyaviy o’gitlarini singdirib borish;
mahalla yig’inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g’oyalarini, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda respublikada erishilayotgan yutuqlar targ’ibotini tashkil etuvchi tadbirlarni uyushtirish;
Respublika “Ma’naviyat targ’ibot” markazi, “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla”, “Ekosan”, “Nuroniy”, “Kamolot” jamg’armalari, xotin-qizlar qo’mitalari, turli jamiyatlar, birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlodni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash ishiga, muammoli masalalarning echimini topishga faol jalb qilish;
mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining imkoniyatlarini o’quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini mustahkamlashga yo’naltirish;
mahalla hududida o’quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko’rik-tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish;
turli yo’nalishda iqtidorli o’quvchilarni maktablar tavsiyasiga ko’ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
ilg’or pedagogik xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib chiqib, har tomonlama yordam ko’rsatish;
farzandlariga ta’lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida “Oila saboqlari” mashg’ulotlarini tashkil qilish;
mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar va barcha ijodkorlarning imkoniyatlaridan foydalanib, bilim, kasb sirlarini o’rgatishga asoslangan turli to’garak va “Ustoz-shogird” rusumida faoliyatini yo’lga qo’yish;
mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining ajratilishiga erishish;
yoshlarda O’zbekistonga, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, mahalla obodonligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhini shakllantirish.
III. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida maktab tomonidan bajariladigan vazifalar:
maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish;
o’quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil qilish;
bolalarga ta’lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o’quv-uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o’quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta’minlash;
o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo’yicha kasb asoslariga yo’naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish;
o’z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo’lida muvofiqlashtirish;
tarbiyasi “og’ir”, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga pedagogik yordam berish;
bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida o’rganib, tajribalarini ommalashtirish;
o’qish va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo’liga kirib ketgan o’smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko’rib, ota-onalar yig’inlarida muhokama qilish;
tarbiya sub’ektlari bo’lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy”, barcha jamg’arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo’yicha milliy markazlar, kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo’lgan mas’uliyat va javobgarligini muvofiqlashtirish;
turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi – maktab bo’lishiga erishish;
o’quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ’ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g’oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;
ta’lim muassasalari nizomlari asosida o’quvchilarning maktabda joriy qilingan tartibga amal qilishlarini va nizomda belgilangan o’quvchilar libosida ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishlarini ta’minlash;
mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ’ib qilish, o’smir yoshlarning dunyoviy bilimlarga bo’lgan intilishlarini rag’batlantirish;
maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy bilimlar beruvchi “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini tashkil qilish.
2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi mohiyatini aks ettiruvchi klasterni yaratishda akademik guruh jamoa bo’lib ishlaydi. Klasterlar “Klaster” grafik organayzeri vositasida yaratiladi. Bunda o’qituvchi har bir talabaning faol ishtirok etishini nazorat qilib borishi zarur. Klasterlarni shakllantirish jarayonida bildirilgan har bir g’oya inobatga olinadi. Yaratilgan klasterning mazmunini muhokama qilish jarayonida esa bir-birini takrorlovchi g’oya va fikrlar tahlil qilinadi. Takroriy bildirilgan g’oyalar aniqlanib, takrorlanishlar bartaraf etiladi.
Dostları ilə paylaş: |