Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə88/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Pedagogik qarovsizlik - shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasining dezintegratsiya ta’siri oqibati. Ular avvalambor to’laqonli individual-psixologik rivojlanishni ta’minlovchi etakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o’zlashtirishda namoyon bo’ladi.
Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda o’quvchi amal qilishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat - bolalar va o’smirlarni o’rab turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiyasi bo’yicha bosqichma-bosqich ish olib borish bo’lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi, individuallashuvi va integratsiyasiga qaratilgan. Uning ob’ekti bola hisoblanib, predmeti-bolalarning ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir.
Rag’batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-quvvatlash usuli.
Rahmdillik - kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish.
Reabilitatsiya - bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida normal mehnat va hayotga qaytishi. Bu avvalambor tibbiyot yordamidan insonning jismoniy nuqsonlarini bartaraf etish, ikkinchidan maxsus o’quv metodlarini qo’llash, uchinchidan professional tayyorgarlik asosida erishiladi.
Referent guruh - inson uchun o’lchov birligi hisoblangan tavsiyalar, ma’lumotlar.
Refleksiya - insonning ichki ruhiy faoliyati bo’lib, o’z xatti - harakatlari, xislatlari, holatlarini anglab olishga qaratilgan; insonning o’z ma’naviy dunyosini anglab olishi.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha adapto - moslashish) – anomal bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin