Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Tashxis –didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash. Tafakkur



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə91/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Tashxis –didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash.
Tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli).
Tayanch shaxs - insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi tabiiy qolipdir. Tayanch intilishlar hammada bir xil bo’ladi, biroq ularning namoyon bo’lishi genetik va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi.
Tibbiy-ijtimoiy yordam - ta’lim-tarbiya jarayonida sog’likni tiklash yoki mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlik.
Shaxslararo munosabatlar - ommaviy ijtimoiypsixologik hodisalar bo’lib, bir guruhda bo’lgan va birgalikdagi faoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Shaxslararo muomala - insonlar orasida aloqalar o’rnatishning murakkab jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari to’g’rilanishga muhtoj: ba’zi pedagoglarning sabrsizligi, irodasizligi, kasbdoshlarini tinlay olmaslik, o’z maqomini oqlash. ijtimoiy pedagogik treninglar, boshlang’ich pedagog maktablari orqali sabr-matonat, tinglash madaniyati kabi xislatlarni shakllantirsa bo’ladi.
Shaxsning hayot tarzi - maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat turlari va hayot yo’llari tizimi.
Shaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi - bu insonning o’z hayotiy faoliyatining sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va maqomi. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon bo’lishi bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o’tgan sari u o’z shakllarini o’zgartiradi-insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi sabablar paydo bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi o’tsa u shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin