Xayriya - alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, muhtojlarga ko’rsatiladigan yordam.
Homiylik - voyaga etmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda ancha keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.
Xuquqbuzarlik - biror-bir huquqni buzuvchi har qanday xatti-harakat. Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo’linadi.
Usul - muayyan o’quv materialini o’zlashtirishda qo’llanilayotgan asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
Fuqaro– fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaxs.
Fuqarolik– huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy etuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasi – fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Shaxsni ijtimoiylashtirish - uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o’zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Emotsional zararlanish - bevosita emotsional holatlarni uzatish orqali ta’sir ko’rsatish (qo’l, yuz xatti-harakatlari, intonatsiya).
Empatiya - dunyoga boshqalar nazari bilan qarash, uni boshqalar kabi tushunish, boshqalarning xatti-harakatlarini ularning nuqtai nazariga ko’ra qabul qilish va shu bilan birga o’zining tushunchasini bildirishga qodirlik.