Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə93/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Ekologik madaniyat - o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong - tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik madaniyat - o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya - o’quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularning mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ekologik ta’lim - o’quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo’naltirilgan ta’limiy jarayon.
Ekologik faoliyat - ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya - o’quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go’zalligini idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
E’tiqod - dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik iqtisodiy, hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch.
O’zaro munosabatlar - jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish asosi.
O’z-o’zini aktuallashtirish - insonning o’z shaxsiy imkoniyatlarini to’liq aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish.
O’z-o’zini anglash - inson ongining eng oliy irodasi bo’lib, o’zi haqidagi tasavvurlar, xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo’ladi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin