Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


O’zbek oilalarida tarbiya jarayonida qo’llaniladigan metodlar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə61/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

O’zbek oilalarida tarbiya jarayonida qo’llaniladigan metodlar





Ijobiy metodlar

Salbiy metodlar

So’rash

Arazlashish

Sovg’a berish

Talab qilish

Ayblash

Homiylik qilish

Tasalli berish

Bahslashish

Qarg’ash

Ta’birlash

Begona qilish

Xo’mrayish

Ta’kidlash

Biriktirish

Zorlanish

Taqdirlash

Bitim tuzish

Aldash

Buyurish

Girgiton bo’lish

Bachkanalashish

Va’da olish

Tahsinlash

Vaysash

Ta’qiqlash

Tenglashish

Gij-gijlash

Hamdard bo’lish

Tergash

Gina qilish

Hurmat qilish

Uyaltirish

Yomonlash

Kafil bo’lish

Shavqlantirish

Zarda qilish

Kengashish

Erkalatish

Ko’r-ko’rona ishonish

Koyish

Yalinish

Majbur qilish

Kuzatish

O’ynatish

Nizo keltirib chiqarish

Ko’rsatish

O’rgatish

So’kish

Maqtash

O’qitish

Urishish

Nasihat qilish

Qaytarish

Ishonchisizlik bildirish

Ovutish

Hazillashish

“Men”ligini tan olmaslik

Odatlantirish







Oqlash







Tushuntirish







Ishonch bildirish







Baholash









Talab va uning tarbiyaviy ta’sirchanligi. Oilada bolalarning muayyan xarakterga ega bo’lishlari, shuningdek, ular tomonidan ma’lum xatti-harakatlar sodir etilishini ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali metodlardan biri – talab sanaladi. Mohiyatiga ko’ra talab quyidagi ikki maqsadni amalga oshirishga yo’naltiriladi. Xususan:

  1. bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatini tashkil etishga rag’batlantirish. Ushbu o’rinda talab ota-onalar hamda bolaning hayotiy maqsadlari birligiga erishish ta’minlanadi, jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy me’yorlar in’ikosining bolalar xulq-atvori, xatti-harakatlari, shuningdek, ijtimoiy faoliyati jarayonida aks etishi uchun zamin yaratadi;

  2. bolalarni oila manfaati yoki ota-onalarning xohish-istaklarini ro’yobga chiqarish yo’lida muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishga undash.

Bu vaziyatda ota-onalarning talablar aksariyati bolalarning yosh, psixologik va shaxsiy imkoniyatlariga muvofiq kelmaydi. Natijada talablar garchi ijobiy mazmunga ega bo’lsa-da, kutilgan samarali ta’minlamaydi. Aksincha, bolalarda ularga nisbatan jiddiy norozilikni keltirib chiqaradi.

Talab o’z mohiyatiga ko’ra ikki: bevosita va bilvosita kabi turlarga bo’linadi. Ayni o’rinda talabning asosiy turlarining mohiyatini ta’riflash maqsadga muvofiqdir.


Talabning u yoki bu turini tanlash pedagogik vaziyatning hisobga olinishiga bog’liq. Bevosita talablarning qo’yilishi uchun zarur omil bo’lib xizmat qilinuvchi pedagogik vaziyatda quyidagi ikki holat yuzaga keladi va ular qo’yilayotgan talabning to’la bajarilishi uchun imkoniyat yaratadi:

  1. tarbiyalanuvchining muayyan talabni qo’yayotgan sub’ektga nisbatan munosabati;

  2. tarbiyalanuvchining bajarilishi talab etilayotgan faoliyatga bo’lgan munosabati.

Mavjud munosabatlarni ijobiy, betaraf va salbiy kabi guruhlarga bo’lish mumkin. Biroq, tarbiyaviy faoliyat amaliyotida bunday munosabatlarning ko’plab ko’rinishlari kuzatiladi.
Bevosita talab ota-onalarning “Faqat shunday qilasan” degan umumiy formula yordamida ifodalanuvchi murojaati bo’lib, u qat’iy, dadil ohangda ifodalangan va aniq ko’rsatmaga asoslanadi. Bunday holatda bolalarni harakatga undovchi omil – talabning o’zi hisoblanadi.
Bevosita talab bola tarbiyasining boshlang’ich bosqichida ayniqsa ta’sirchan bo’ladi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg’in va qat’iy talab bo’lmasa, bolani tarbiyalab bo’lmaydi. Agarda tarbiya jarayonida ota-onalar talablarni qo’yishda ikkilansalar, ularning bolalar tomonidan to’laqonli bajarilmasligiga e’tiborsiz munosabatda bo’lsalar, qo’yilayotgan talab pedagogik jihatdan muayyan ahamiyatga ega bo’lmaydi. Shuningdek, ota-onalar bunday vaziyatlarda o’z xatti-harakatlari jiddiy xatoga yo’l qo’yadilar.
Bolalarning yangi yo’nalish va mazmunga ega faoliyatlarini tashkil etish jarayonida ham bevosita talab zarur. Mazkur o’rinda bevosita talab mohiyatiga ko’ra yo’l-yo’riq berish kabi namoyon bo’ladi. Bevosita talab aksariyat vaziyatlarda farzand ota-onalarining fikri yoki ma’lum faoliyatga nisbatan betaraf munosabatda bo’layotgan bo’lsa qo’llaniladi. Qayd etilayotgan jarayonda bevosita talabning quyidagi qoidalarga muvofiq bo’lishi muhim ahamiyatga ega:

  1. talab ijobiy mazmunga ega bo’lishi, bolalarni aniq xatti-harakatlarni tashkil etishga yo’naltirishi, ular tomonidan tashkil etilayotgan muayyan harakatlarni ta’qiqlash yoki to’xtatishga xizmat qilmasligi lozim. Albatta, tarbiya jarayonida ma’lum ta’qiqlardan bolalar belgilangan ijtimoiy xulq-atvor qoidalarni buzganlarida samarali foydalanish zarur. Biroq talablarning faqatgina ta’qiqlardan iborat bo’lishi pedagogik jihatdan noto’g’ridir. Talablarning qo’yilishidan ko’zlangan asosiy maqsad ular e’tiboriga bolalarning ijobiy xulq-atvori va faoliyati uchun harakat dasturining berilishi bilan tavsiflanadi.

  2. bevosita talab aniq maqsadga yo’naltirilgan, to’laqonli ifodalangan mazmunga ega, aniq va tushunarli bo’lishi lozim. Dastlabki paytlarda bolalarning yangi harakatlarini rag’batlantirganda talab yo’l-yo’riq berish bilan qo’shilib ketganday bo’ladi. Bunday holat talablar mazmunini soddalashtirib, mohiyatini aniq yoritib beradi;

3) ota-onalar tomonidan ifodalanayotgan har bir oqilona talab, albatta, bajarilishi, yakuniga etkazilishi kerak.
Shuni yodda tutish kerakki, har bir yangi talabning bajarilishi ota-onalar tomonidan qo’yiluvchi navbatdagi talablarining kuchi va ta’sirchanligini oshiradi, bolada ota-onasining irodasiga ongli yondashish odatini shakllantiradi. Har bir bajarilmagan talab esa, aksincha, navbatdagi talablarning samaradorligini pasaytirdi.
Bevosita talablarning ijrosi haqida so’z yuritilganda, ularning qat’iy, ishonarli ohangda bayon etilishi muhim ekanligiga e’tiborni qaratish talab etiladi. U vazmin, jiddiy holatda ifoda etilishi, baqiriqqa, bolani haqorat qilishga aylanib qolmasligi kerak.
Bilvosita talablarda ota-onalarning maqsadi to’g’ridan-to’g’ri ifodalanmay, balki, bir qadar yashirin tarzda bo’ladi. Talabalarni qo’yishda rag’batlantirishdan ham foydalaniladi. Rag’batlantirish omili sifatida faqat talabning o’zidan emas, balki bir qator psixologik omillar, ya’ni, bolaning ichki kechinmalari, his-tuyg’ulari, hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlariga tayaniladi. Bevosita talablarni mohiyatiga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin:

  1. Ota-onalarning farzandlariga bo’lgan ijobiy munosabatini ifodalovchi talablar. Bular – iltimos, ishonch, ma’qullashdir. Ayni o’rinda ularni ijobiy talablar deya nomlash mumkin.

2. Ota-onalarning bolalarga bo’lgan munosabatini yaqqol ifodalovchi
hamda farzandlarni muayyan faoliyatga rag’batlantiruvchi munosabatlar mohiyatini yorituvchi talablar. Bular – maslahat, sha’ma, shartli talab va o’yin shaklidagi talabdir.
3. Bolalarning u yoki bu axloqiy xislatlariga salbiy munosabatni namoyish etuvchi talablar. Bular – ishonchsizlik bildirish va do’q qilishdir. Ularni salbiy talablar deb atash mumkin.
Talab mazmun jihatidan ham, shakl jihatidan ham rivojlanib boradi. Yuqorida aytib o’tilganidek, pedagogik vaziyatlar o’zgarmas holat emas, ular doim o’zgarib turadi. U yoki bu metodlarni tatbiq etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishar ekanlar ota-onalar mavjud vaziyatning zarur yo’nalishida rivojlanishini boshqaradi. Ota-ona bevosita talablarni qo’yar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi. Shu bilan u bevosita talablarning muvaffaqiyatli tatbiq etilishi uchun shart-sharoit hozirlaydi.
Shu bilan birga, tarbiya jarayonida ijobiy talablardan ko’proq foydalanilayotgan oilalarda ota-onalarning bolalarni hurmat qilishlari, ularga nisbatan mehribon ekanliklariga guvoh bo’ldik. Shuningdek, bunday oilalarda bolalar tomonidan ota-onalar tomonidan bildirilayotgan ko’rsatmalarning aniq bajarilishi kuzatildi. Aksincha, salbiy metodlarni suiiste’mol qiladigan ota-onalarni bolalar hurmat qilmaydilar, oilada intizom mavjud emas, tarbiyaviy jarayon samarali tashkil etilmaydi.
Bu albatta, tasodifiy emas. Bolalarga ijobiy munosabatda bo’ladigan, ularga bo’lgan munosabatlarini ishonch bilan ifodalaydigan ota-onalarning o’z faoliyatlaridan qoniqish hosil qiladi. Bunday muhitda bolalar bilan ota-onalarning samimiy munosabatlari rivojlanadi. Va aksincha, ota-ona bolalar faoliyatini nazorat qila olmasa, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish ko’nikmalarini shakllantira olmasalar tarbiyasi samaradorligi to’g’risida so’z yuritish befoydadir. Bunday oilalarda tarbiyaviy jarayon doimiy do’q-po’pisa, asabiylik asosida tashkil etiladi.
Shunday qilib, oila muhitida tarbiya metodlaridan samarali foydalanish, bolalarni ijtimoiy-foydali mehnatga o’rgatish alohida o’rin tutadi. Shuning uchun ham bolalar bilan yaxshi munosabat o’rnatish uchun ijobiy metodlarni ko’proq va salbiy metodlarni kamroq ishlatish zarur.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin