Tg’R
|
Vositalar
|
(F)
|
(S)
|
(M)
|
(U)
|
1.
|
Ota yoki onaning so’zi
|
|
|
|
|
2.
|
Ota yoki onaning namunasi
|
|
|
|
|
3.
|
Oila davrasidagi suhbat
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
Izoh: shartli belgilar quyidagi mazmunni anglatadi:
(F) – fikringizni bayon eting;
(S) – fikringizni asoslovchi biron sababni ko’rsating;
(M) – ko’rsatilgan sababning asosli ekanligini isbotlovchi misol keltiring;
(U) – fikringizni umumlashtiring!
|
OILADA BOLALAR BILAN MULOQOTNI YO’LGA QO’YIShNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ShART-ShAROITLARI
Reja:
“Muloqot” tushunchasining mohiyati.
Oiladagi shaxslararo muloqot uslublari va ularning o’ziga xosliklari.
Oilada bolalar bilan muloqotni yo’lga qo’yishning o’ziga xos pedagogik-psixologik jihatlari.
Tayanch tushunchalar: muloqot, muloqot uslublari, oilaviy munosabatlarda qo’llaniladigan muloqot uslublari, oilada bolalar bilan muloqotni yo’lga qo’yish, oilada bolalar bilan muloqotni yo’lga qo’yishning o’ziga xos pedagogik-psixologik jihatlari.
“Muloqot” tushunchasining mohiyati. Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi - bu farzand ko’rish orqali aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda er yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.
Darhaqiqat, oila har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida shakllangan o’zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi ravnaqini ta’minlovchi tarbiya maskanidir. “Halollik, rostgo’ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan”. Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o’zaro munosabatlari majmui bo’lib hisoblanadi. “Oila haqida so’z yuritar ekanmiz, avvalo ko’z o’ngimizda ona siymosi shakllanadi. Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil – ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir”. Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo’luvchi o’zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o’zaro munosabatlarida uyg’unlasha borib, oilada o’zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to’g’ri yo’l-yo’riqlarini ko’rsatadi. Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi).
Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko’rsatadi. Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o’zbek xalqining og’zaki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarida sharq xalqlari, xususan o’zbek xalqiga xos oilaviy shaxslararo munosabatlarda namoyon bo’ladigan odob-axloq qoidalari, me’yorlari, insoniy fazilatlar ifodasi to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur qilib bo’lmaslik, barkamol farzand tarbiyasi, undagi er-xotin va o’zaro munosabatlar madaniyati, baxtli va farovon turmush kechirish yo’llari, hayotiy misollar yordami bilan hikmatlar va nasihatlar ko’rinishida bayon etilgan. A.Fitrat intizomlilikning ijtimoiy mohiyatini ta’riflar, o’zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asarida shunday deb yozadi: “Har bir millatning saodati va izzat, albatta, shu xalqning ichki intizom va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli qv muntazam bo’ladi”93.
O’z-o’zidan ravshanlashadiki, oilaviy tartib-intizom muammolari uning xuquqiy vazifalarini belgilaydi. Bunda eng muhimi, oilaning har bir a’zosiga xos ichki ntizom madaniyati, o’z burchi va ma’suliyatinianglashi bilan birga ular oilaviy muhitda o’z o’rnini belgilay olishi, oilaviy munosabatlarni hurmat qila bilishi, oila iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olishi, oila sha’nini sharaflashi, xullas, oilada o’z shaxsiy halovatini his qilmoq uchun halol va samimiy bo’lmoqqa erishishi zarur94.
Oilaviy turmush bilan jamiyat taraqqiyotining doimiy mushtarakligi tufayli jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham oilaviy muammolar uning ilg’or vakillari diqqat-e’tiborida bo’lgan. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va farzandlarning kamoloti uchun shu qadar muhimki, xuddi shu bois uni biror soniya ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi.
Respublika psixologlari tomonidan o’zbek oilalariga xos muammolarni o’rganish yuzasidan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu ilmiy ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o’zbek oilalaridagi milliy o’ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o’rganilib tahlil qilingan.
Biroq, yuqoridagi ilmiy izlanishlarda oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari maxsus tadqiqot predmeti sifatida o’rganilmagan. Aslida oilaviy turmushda yuzaga keladigan muammolar, hatto oilaning buzilishi va uning salbiy asoratlari, hamma-hammasi undagi shaxslararo munosabatlar ta’sirining natijasi ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta, shaxslararo munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lganligi tufayli, aynan shu muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o’ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o’zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o’z umri davomiyligini kurish holati ro’y beradi.
“Muloqot” tushunchasi lug’aviy jihatdan arab tilidan tarjima qilinganda “uchrashish”, “ko’rishish”, “qabul qilish”95 degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa muloqot “ikki yoki undan ortiq shaxslarning o’zaro bir-biriga ta’siri etishi” hisoblanadi.
Har bir shaxs “muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g’oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga etadi. Kishilar o’rtasidagi o’zaro muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o’z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi”96.
Muloqot – 1) kishilarning o’zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir ko’rsatishlari kishilar o’rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni;
2) kishilarning bir-birlariga ta’sir ko’rsatishi asosida ular o’rtasida ro’y beradigan axborot almashinuvi97.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o’zaro ta’sir va o’zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Oila sharoitida ota-onalarning o’zlari atrofdagilar bilan ijobiy muloqot qila olish ko’nikmalariga ega bo’lishlari hamda farzandlarda ham juda yoshlikdan muloqot madaniyati sifatlarining shakllanib borishiga e’tibor qaratishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: |