Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə71/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Nazorat savollari:
1. Oila pedagogikasi fanining predmeti nimalardan iborat?
2. Oila pedagogikasi fani o’z oldiga qanday vazifalarni qo’yishini tushuntiring.
3. Oila pedagogika fanini bilan umumiy pedagogika o’rtasida qanday uzviy aloqadorlik mavjud?
4. Oila pedagogikasi fani va psixologiya fani o’rtasida ham aloqadorlik bormi?
5. Oila pedagogikasi qanday metodlardan foydalanishini izohlang.
6. Oila pedagogikasi fan sifatida qanday rivojlandi?


Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008. – 52-58-betlar.
2. Oila pedagogikasi. – Toshkent: “Aloqashi”, 2007. – 5-16-betlar.
3. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. – Toshkent: “O’qituvchi”, 1999. – 42-50-betlar.
4. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 14-39-betlar.
5. Quronov M. Oila tarbiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007.


Amaliy topshiriqlar:



  1. Ushbu matn bilan tanishib chiqing va uning mazmunini tahlil qiling.

Sub’ektlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir jarayoni sifatida muloqot (kommunikativ aloqa) chog’ida shaxslararo munosabatlar yuzaga keladi, namoyon bo’ladi va shakllanadi. Kommunikativ aloqa shaxslararo munosabatlar chog’ida ularning fikrlari, his-tuyg’ulari, ichki kechinmalari va boshqalarning almashinishini nazarda tutadi. Bunday aloqa yaxlit holda kommunikativ faollik, muloqot chog’idagi hissiy ta’sirlanish, o’z-o’ziga bo’lgan kommunikativ ishonch, kommunikativ ob’ektlar kabi elementlarni aniqlaydi. Shaxslararo munosabatlardagi muloqotning asosiy manbalari – bu suhbatdoshlarning tajribalari, tafakkurlari, hayotiy yondashuvlari, e’tiqodlari hamda maxsus ilmiy metodlarni o’zlashtira olganliklari sanaladi. Kommunikativlik asosida ichki (bir) ovozli kommunikatsiyadan ikki ovozli kommunikatsiyaga o’tish yotadi100.
2. Kichik guruhlarda “Taqdimot” strategiyasi asosida quyida berilgan muloqot turlarining oila tarbiyasidagi ahamiyatini yoriting.
A. O’zaro ijodiy faoliyatga qiziqtiradigan muloqot.
V. O’zaro do’stona munosabatga asoslangan muloqot.
S. Muayyan masofani saqlagan holda tashkil etiladigan muloqot.
D. Qo’rqitish, tahdid qilishga asoslangan muloqot.
E. Hazil-mutoyibaga, yumorga asoslangan muloqot.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin