1-bosqich. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro’li xotin-qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, “Yosh onalar va otalar maktablari” faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi.
2-bosqich. Farzandning maktabgacha bo’lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, harf tanish, qo’shiq aytish va raqs tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga tayyorlash guruhlari, “Yakshanbalik maktablar” ishini tashkil qilish.
3-bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z xatgi-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilishni o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
4-bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va akl zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo’naltirish, o’smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa olishiga ko’maklashish, o’z xatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.
5-bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliqlarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo’yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
O’zbekistonda sog’lom avlodni tarbiyalashda oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini ta’minlash samaralarining garovidir. Bu borada hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ustivor yo’nalishlar quyidagilardan iboratdir:
- oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligini ta’minlashning
huquqiy bazasini takomillashtirish, hamkorlikning kuchayishiga qaratilgan uslubiy ta’minotni mustahkamlash;
- oilada yoshlar va ota-onalarning ijtimoiy faolligini oshirish;
o’quvchi yoshlarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni
qo’llab-quvvatlash, ularni qiziqishlari bo’yicha kasbga yo’naltirish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va
ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
- voyaga etmagan o’smirlar va yoshlar o’rtasida xuquqbuzarlik va nazoratsizlikning oldini olish bo’yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish;
- yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularni
jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga keng
jalb etish orqali sog’lom oilaga tayyorlash;
- barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlarni mazmunan takomillashtirish, uning
samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish;
- sog’lom avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalaridan samarali foydalanish.