Oilada milliy tarbiya vositalaridan foydalanish.
Oila sharoitida tarbiya
jarayonining samarali kechishida ota-onalarning ta’sirchan pedagogik vositalardan
foydalana olishlari ham muhim ahamiyatga ega. Muammoni nazariy va amaliy
jihatdan tahlil etish natijasida oilada tarbiyani amalga oshirishda quyidagi
tarbiyaviy vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga ishonch hosil
qilindi:
1) xalq pedagogikasi g’oyalari;
2) xalq og’zaki ijodi namunalari (ertaklar, topishmoqlar, maqollar, afsonalar,
dostonlar, xalq qo’shiqlari, pand-nasihatlar, o’gitlar);
3) milliy axloq-odob, urf-odat, udum, qadriyatlar, bayram va marosimlar;
4) mutafakkirlarning o’git va pandlari, taniqli kishilarning hayoti va faoliyatiga oid
ibratli misollar;
4) oilaviy an’analar, udumlar (oila a’zolari uchun ahamiyatli
bo’lgan sanalarni nishonlash, o’tganlarni yod etish va h.k.);
5) sulola uchun qadrli bo’lgan moddiy ashyolar (yodgorliklar, kitoblar,
sulola vakillarining kasb-koriga dahldor bo’lgan buyumlar, binolar, inshootlar
(jumladan, tegirmon, ustaxona) va b.);
6) sulola haqida ma’lumot beruvchi shajara;
7) sulola vakillarining kasb-korlariga oid hayotiy lavhalar, xotiralar;
8) keksa avlod vakillari, ota-onalar hamda katta
yoshli oila a’zolarining shaxsiy namunasi;
9) oila va oila tarbiyasiga oid ilmiy, ilmiy-ommabop va ommabop asarlar;
10) vaqtli matbuot materiallari va h.k.
Ezgu g’oyalarni targ’ib etuvchi hikoya bolaning ma’naviy kamolotini
ta’minlashda muhim o’rin tutadi. Shu bois har bir oilaning kitob javonida ertaklar
to’plamining bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Keyingi vaqtlarda O’zbekistondagi
nashriyotlardan ko’pgina qiziqarli, ezgu g’oyalarni targ’ib etuvchi to’plamlar chop
etildi. Yosh bolalarga hikoya qilinadigan ertaklar mazmunan qisqartirilishi, bayon
uslubining o’zgartirilishi, ertakning tushunarli hikoya qilinishi ularning tarbiyaviy
ta’sirchanligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ertakni tanlay bilish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarga devu-parilar, shayton, yalmog’iz kampir, alvasti, ajina, suv parisi va shu
kabi obrazlar mavjud bo’lgan ertaklarni aytmaslik kerak. Bunday ertaklarni katta
yoshdagi bolalarga tavsiya qilish mumkin, negaki, ular bu vaqtda muayyan
darajada tafakkurga ega bo’lib, ular ustidan ezgulikning, ijobiy qahramonlarning
g’olib kelishlariga ishonishadi. Qolaversa, ular ertakdagi turli devu parilar,
yalmog’iz kampir va boshqa salbiy obrazlar ertaklarga atayin kiritilgan obrazlar
115
ekanligini, ular vositasida insonlarga yomonlikni tilovchi yot g’oyalar
ifodalanganligini tushunib etadilar. Kichik yoshdagi bolalar esa devu parilar va
boshqa shu kabi obrazlarni haqiqatan mavjud deb qabul qilishlari mumkin, buning
natijasida bolada vahima uyg’onadi, kechalari yaxshi uxlay olmay, bosinqirab
chiqishadi.
Yosh bolalar uchun eng ma’qul ertaklar – bu hayvonlar va ularning hayoti.
Faoliyati, xatti-harakatlariga oid ertaklar sanaladi. O’zbek xalq ertaklari xazinasida
bunday ertaklar juda ko’p va ular juda ta’sirchan ertaklardir. Xuddi shuningdek,
O’zbekistonda istiqomat qiluvchi boshqa xalqlar ham tarbiyaviy ahamiyatga ega
ertaklarga boy sanaladi.
Bola
voyaga
etib
borishi
bilan
kishilarning
bir-birlariga
bo’lgan
munosabatlarining ertaklarga ko’chganligini anglay boradi. Shu sababli ular
orasidan tarbiyaviy ahamiyatga egalarini tanlay olish maqsadga muvofiqdir.
Jumladan, Nasriddin Afandi haqida ko’plab qiziq latifalar mavud bo’lsa-da, biroq,
ular orasidan kishini o’ta ahmoq qilib ko’rsatmaydigan latifalarnigina tanlagan
holda oila tarbiyasida ulardan foydalanish talab etiladi. Kichik va o’rta yoshli
bolalarga ezgu niyatli qahramonlar yoki bolalar halok bo’ladigan qayg’uli
ertaklarni hikoya qilish to’g’ri emas. Aksincha, bolalarni harakatga undaydigan,
faollikka da’vat etadigan, o’z kuchiga ishonchi ortadigan, hayotga ishonch bilan
qarashga o’rgatadigan ertaklarni hikoya qilib berish maqsadga muvofiq sanaladi.
Yordamga muhtojlarga ko’mak berishni targ’ib etuvchi ertaklar bolalarda ularni
notavon va ojiz kishilar ekan, degan tasavvurning hosil qilishiga olib ketmasligiga
e’tibor qaratish lozim. Zulm va zo’ravonlikning ayanchli oqibatlarini tasvirlovchi
ertak, qissa va dostonlarni faqatgina katta yoshdagi bolalar bilan birga o’qish va
tinglash pedagogik jihatdan to’g’ri yo’l hisoblanadi.
Bolalarning xayollarini boyitish va ularni maishiy hayot, ijtimoiy munosabatlar
bilan yaqinroq tanishtirish uchun turli surat va tasvirlardan foydalanish ham
alohida ahamiyatga ega. Bunda faqat bolalar jurnallaridan olingan rasmlardan
foydalanibgina qolmay, balki ixtiyoriy rasm, gravyura yoki fotosuratlarning
ko’chirmalaridan foydalanish mumkin. Asosiy e’tibor ularning mazmunan
bolalarning yoshi, xususiyatlariga mos bo’lishiga qaratish kerak, xolos. Odatda
bolalar bunday rasmlarni tomosha qilayotganlarida nihoyatda ko’p savollar
beradilar, tafsilotlarini, sabablarini bilib olishga qiziqadilar. Savollarga hamma
vaqt bola uchun tushunarli qilib javob bermoq kerak. Bordi-yu, javob berish
mushkul bo’lgan savol berilsa, u holda: “Sen hali tushunmaysan, katta
bo’lganingdan keyin bilib olasan”, – deyish lozim. Bu kabi javoblarning hech
qanday ziyoni yo’q, hatto bu javoblar bolalarni berilgan savolga imkon darajasida
javob berishga odatlantiradi. Kerakli rasmlarni “Funcha” hamda “Gulxan” kabi
boshqa jurnallardan topish mumkin.
Bolalar uchun kitob sotib olishda yirik harflar bilan chop etilgan, rasmlari ko’p,
mazmuni tushunarli bayon etilganlarini tanlash zarur. Bunday kitoblar bolalarda
o’qishga bo’lgan qiziqishni uyg’otadi, shuningdek, savod chiqarish yo’lidagi
muayyan qiyinchiliklarni engishga yordam beradi.
Savod o’rgatishdan bolalik hayotining ikkinchi davri – o’qish va bilim
orttirishga bag’ishlangan davri boshlanadi. Bu davrda bola hayotida maktab eng
116
muhim o’rin oladi, ammo bundan aslo, ota-onalar o’z bolalarini tarbiyalash
vazifasini unutib, faqat maktabgagina tayanishlari mumkin, degan xulosaga kelish
yaramaydi. Aksincha, ota-onalar tomonidan oilada tashkil etiladigan madaniy-
ma’rifiy ishlari, barcha a’zolarning madaniy muomalasi bolaning maktabdagi
o’qishi uchun, o’qishining sifati uchun, ota-onalari, o’rtoqlari va maktab jamoasi
bilan ijobiy munosabatda bo’lishi uchun katta ahamiyatga ega. Gazeta, kitob,
televidenie va ma’naviy tarbiyaning qolgan boshqa vositalari xuddi ana shu
darajada juda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Quyida ana shu vositalarning har biri va ularning tarbiyaviy imkoniyatlari
xususida batafsil so’z yuritiladi.
Bolaning savodi chiqqach, gazetaning uning hayotida mustahkam o’rin olishiga
erishish kerak. Ota-onalar bolalarga mo’ljallangan gazetalardan biriga obuna
bo’lishi kerak. Ushbu gazetani ular bolaga eshittirmasdan o’qimasliklari, har birlari
alohida gazeta bilan tanishib chiqmasliklari lozim. Har bir gazetada bolalarga
maxsus o’qib berish uchun mo’ljallanmagan bo’lsa-da, har holda ularning
oldilarida ovoz chiqarib o’qish va fikr almashish mumkin bo’lgan material
topiladi, albatta. Agar gazetadan o’qigan material bolalar uchun mo’ljallanmagan
bo’lsa, yanada yaxshi. Bola baribir quloq soladi, agarda ota-onalar o’zlarini
xotirjam tutishsa, u shu qadar diqqat bilan quloq soladi. Xalqaro ahvol, mustaqillik
bayrami, mamlakat chegarasidagi voqealar, fidoiy fuqarolar tomonidan
ko’rsatilgan qahramonliklar, shaharlarning qurilishi va bezatilishi, ijtimoiy hayotga
oid yangi tartib-qoida va qonunlar bolalarning dunyoqarashini boyitish bilan birga
ularni shaxslararo munosabatlarga samarali tayyorlashga yordam beradi.
Bolalar voyaga etgan sari, ayniqsa, ularning o’zlari o’qishni o’rgangan vaqtidan
boshlab, gazetaning ular hayotidagi ahamiyatini tobora oshirishga erishish lozim.
Albatta, agar iloji bo’lsa oildagi har bir farzandning yosh xususiyatlarini inobatga
olgan holda ular uchun gazeta va jurnallariga obuna bo’lish yanada afzal
hisoblanadi. Biron sababga ko’ra buning iloji bo’lmasa, ushbu holat unchalik ziyon
keltirmaydi. Chunki gazetalarning bayon uslubi har bir kishi uchun tushunarli, shu
sababli ularda bola uchun ham biron-bir qiziq materialni hamma vaqt topish
mumkin. Ota-onalar shunga e’tibor berishlari kerak, gazetani bolalarning o’zlari
ham o’qishsin. Imkon qadar gazetaning har bir bola uchun hayotiy zaruratga
aylantirish maqsadga muvofiq.
Biroq, ayni o’rinda shuni ham unutmaslik kerakki, har bir bola tomonidan
o’qilgan material oila davrasida muhokama qilib borilishi yoki hech bo’lmaganda
bu to’g’rida suhbat uyushtirilishi zarur. Muhokama jarayonida ota-onalar
unutmasliklari kerakki, suhbatlar rasmiyatchilikka aylantirib yuborilmasin.
Shuningdek, suhbatlar uchun alohida soat ajratib o’tirmaslik hamda unga ko’p vaqt
sarf qilmaslik lozim. Odatda oila davrasidagi suhbatlarning maxsus saboq berishga
asoslanishi, ezmalik qilish, buyruq, talab ohangida so’zlash bolalar tomonidan
o’qilgan materialning tarbiyaviy ta’sirchanligini kamaytiradi. Shu bois o’qilgan
materialni muhokama qilish erkin suhbat bo’lishi, munozaraning samimiylik kasb
etishiga diqqat qaratilishi kerak. Agarda, bu kabi suhbatlar biron-bir uy yumushi
bilan bog’liq ravishda yoki oila a’zolaridan birov aytgan fikr bahonasida
“bexosdan boshlanib ketguday” bo’lsa, u yanada samarali uyushtiriladi. Bordi-yu,
117
suhbatlarni boshlash uchun yaxshi bahonalar topilmasa, u holda ota-onalar o’z
farzandlarigna “Xo’sh, bugun gazetada qanday qiziq xabar chop etilgan ekan?”,
deya murojaat qilishlari mumkin.
Katta yoshdagi bolalar uchun gazeta madaniylikning, kichik yoshdagi o’g’il
yoki qiz bolalar uchun esa ijtimoiy va tabiiy borliq mohiyatini anglashga imkon
beruvchi vosita bo’lib qolishi zarur.
Oila muhitida farzandlarni kitob bilan tanishtirish ham ota-ona, yoshi kattalar
tomonidan ovoz chiqarib o’qishdan boshlanishi kerak. Farzandlarning savodi
chiqqandan keyin ham iloji boricha ota-ona va katta yoshli oila a’zolarining ovoz
chiqarib kitob o’qishlari oila tarbiyasining eng samarali usuliga aylanishi zarur.
Shunga erishish zarurki, kitoblar mutolaasi kunlari bolalar uchun bayram kabi kun
bo’lib qolsin. Bunga erisha olish ota-onalarning eng katta yutug’i bo’lgan bo’lardi.
Asta-sekin avvallari ota-onalar tomonidan asarlarning o’qib berilishi o’rnini
keyinchalik farzandlarning o’zlariga topshirish kerak. Jarayonning samarali
bo’lishi quyidagicha yo’l tutilishiga bog’liq:
1)
ota-ona tomonidan asarlarni maxsus o’qib berishda
dastlab bolaning tinglovchi bo’lishga o’rgatish;
2)
asta-sekin asarlarning ota-ona yoki yoshi katta oila a’zolarining
bolalar bilan birgalikda, o’zaro hamkorlikda (muayyan
sahifalarni navbatma-navbat) o’qishga erishish;
3)
o’qilgan asarni oila davrasida jamoa bo’lib muhokama qilish;
4)
asar yuzasidan o’zaro fikr almashishga erishish.
Oila davrasida farzandlarning badiiy asarlarni mutolaa qilishga bo’lgan
qiziqishini jamoa asosda rivojlantirish hamda ularda o’qilgan asarga tanqidiy
yondashish, bayon etilgan voqelikdan xulosa chiqarish, qahramonlarning ijobiy
fazilatlarini o’zlashtirishga intilish ko’nikmasini tarbiyalash maqsadga muvofiqdir.
Ota-ona va oilaning katta yoshli a’zolari o’zlari namuna ko’rsatish orqali
bolalarda sekin-asta ularning o’zlari mustaqil ravishda ishtiyoq bilan badiiy
asarlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga e’tibor qaratishlari oila
tarbiyasida yuksak samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. Bolalarning, ayniqsa,
katta yoshdagi bolalarning badiiy asarlarni mustaqil o’qishlari maktab ta’limi
jarayonida yana mustahkamlanadi. Ammo ota-onalar shu unutmasliklari kerakki,
agarda bolalarning badiiy kitoblarni mutolaa qilishlariga oila sharoitida e’tibor
qaratilmas, bolalarda bu boradagi dastlabki ko’nikmalar shakllantirilmas ekan,
ta’lim muassasalari bu borada hech bir natijaga erisha olmaydi.
Ayni o’rinda ota-onalarning e’tiborlariga farzandlarni oila sharoitida kitob,
xususan, badiiy asarlarni mutolaa qilishga o’rgatish yuzasidan quyidagi
tavsiyalarni havola etish maqsadga muvofiqdir:
a) ota-onalar bolalar tomonidan badiiy asarlar va maxsus adabiyotlarni tanlashni
nazorat qilib borishlari kerak, zero, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari,
dunyoqarashi, bilim darajasiga mos bo’lmagan adabiyotlar, asarlarni mutolaa
qilishlari ularda noto’g’ri tasavvurlarni hosil qiladi, qolaversa, vaqtlarining behuda
sarflanishiga olib keladi.
b) oilaning katta yoshli a’zolari, xususan, ota-onalar bolalarning badiiy asarlar,
maxsus adabiyotlarni qanday o’qishlaridan xabardor bo’lishlari lozim; ular
118
bolalarni kitoblarni o’qishda ularning mazmuniga e’tibor bermay, sahifama-sahifa
tez-tez o’qishdan, qiziqarli voqealarni yuzaki kuzatib borishdan saqlanishga
o’rgatib borishlari kerak;
v) ota-onalar va oilaning katta yoshli a’zolari bolalarni kitoblarni ehtiyot qilib
tutishga odatlantira olishlari zarur.
Bolalar kitobxonligi masalalarini o’rganish natijalarining ko’rsatishicha, ota-onalar
kitob tanlashga ko’pincha yaxshi e’tibor bermaydilar. Bundan tashqari, bolalar
uchun lotin alifbosida yozilgan kitoblar hali kam. Har holda, kitobga doir hamma
masalalar yuzasidan ota-ona yoki kutubxonachidan maslahat olish mumkin va
hech kim bunday maslahat berishdan bosh tortmaydi.
Televidenie va radio, ular orqali namoyish etiladigan kino, video filmlar, teatr
spektakllari, dam olish dasturlari nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham
tarbiyalovchi ta’sirchan vositalardir. Biroq, zamonaviy sharoitda suratga
olinayotgan kino, video filmlar, teleseriallar, sahnalashtirilayotgan teatr
tomoshalarini ham birdek tarbiyaviy ahamiyatga ega deb bo’lmaydi. Aksariyat
kino, video filmlar, teleseriallar esa o’zbek xalqiga xos milliy mentalitetga zid
g’oya, qarashlar bilan boyitilgan, ayrimlari esa “ommaviy madaniyat”
ko’rinishlarini targ’ib qilishga mo’ljallangan bo’lib, ular bolalar ongida salbiy fikr,
xulqida esa axloqsiz sifatlarning shakllanishiga zamin yaratadi.
Shu sababli ota-onalar kino, video filmlar, teleseriallarning davlat
kinostudiyalarida yaratilganligi yoki davlat buyurtmasi bilan tayyorlanganligiga e’tibor
qaratishlari zarur. Binobarin, bu kabi san’at mahsulotlarigina o’zida milliy g’oya
va mafkura tamoyillarini targ’ib etish bilan birga, milliy qadriyatlarni targ’ib
etishga xizmat qiladi. Ularni tomosha qilgan bolalar o’zlari uchun zarur bo’lgan
“ma’naviy ozuqa”ga ega bo’ladilar.
Mustaqillik yillarida yaratilgan kino, video filmlar, teleseriallarning deyarli
barchasi badiiy jihatdan yuksak bo’lib, ulardan oila tarbiyasini tashkil etishda
foydalanish kutilgan natijalarni kafolatlaydi. Shunga qaramay, ota-onalar bolalarni
kino-teatrlarga olib borishdan butunlay voz kechmasliklari, ularni nazoratsiz
qolishlariga yo’l qo’ymasliklari kerak.
Ota-onalar, avvalo, bolalarning kinofilmga bo’lgan munosabatlariga e’tibor
qaratishlari kerak. Ba’zan shunday hollar bo’ladiki, bolaning fikri-yodi kinoda
bo’lib qoladi. Namoyish etiladigan kino, video film yoki teleserailni deb bolalar
boshqa vazifalarni, jumladan, dars tayyorlashni ham unutib qo’yadilar. Birorta ham
filmni qoldirmay ko’radilar, vaqtlarini asosiy qismini televizor qarshisida
o’tkazadilar.
Televizorni ko’p ko’rish bir talay zararli oqibatlarga olib keladi. Masalan:
1
) doimiy kam harakatlilik tana vaznining oshishini ta’minlaydi;
2) ko’rish gigienasiga rioya qilmaslik ko’zni toliqtiradi;
3) bolalarning miyasi muhim-nomuhim, kerak-nokerak axborotlarni qamrab oladi,
buning oqibatida miya toliqib, bosh og’rig’i yuzaga keladi;
4) televizorni doimiy tomosha qilish bolalarda ishtiyoqsizlikni yuzaga keltiradi,
natijada ular asta-sekin har bir filmni zavqsiz tomosha qilishga odatlanishadi; bora-
bora bolalar kartinani shunchaki kuzatib o’tirishga o’rganadilar; bu esa bolalarni
fikrlashga undamaydi; filmga nisbatan hech bir savol yuzaga kelmaydi. Bu tariqa
119
film ko’rishning foydasi juda kam bo’ladi, ba’zan esa katta zarar ham keltiradi.
Shu sababli yuqorida aytib o’tilganidek, ota-onalar kino, video filmlar,
teleseriallarni tomosha qilishda yo’l-yo’riq ko’rsatib, rahbarlik qilib turishlari
zarur.
14-15 yoshgacha bola badiiy yoki videofilmlarni ota-onalari yoki opa va akalari
bilan birga ko’rgani ma’qul. Bu nafaqat bolalarni nazorat qilish shakli bo’lib
qolmay, balki, ko’proq, birgalashib kitob o’qish to’g’risida bergan tavsiyamizda
ko’zlangan maqsad uchun zarurdir. Har bir film oilada hech bo’lmaganda bir necha
minut muhokama va muzokara uchun mavzu bo’lishi kerak. Ota-onalar bu
to’g’rida bolaning ham o’z fikrini bayon qilishiga, unga nima ma’qul bo’lib, nima
ma’qul bo’lmaganini, nimasi qattiq ta’sir etganini gapirib berishiga erishmoqlari
kerak. Agar bunda ota-onalar bolani faqat tashqi hodisalar, syujetning qiziqligi,
kino qahramonining sarguzashtlarigina qiziqtirayotganini payqasalar, bir-ikki savol
yordamida uning e’tiborini kinofilmning mazmuniga qaratishlari lozim. Ba’zan,
hatto bolaga hech qanday savol bermay, faqat uning oldida o’z fikringizni
aytishingizning o’zi ham kifoya qiladi.
Bolalarning qanday filmni ko’rishlari ko’proq ma’qul ekanini ota-onalar hal
qilishi kerak. Biron kartinani ilgariroq ko’rgan va u to’g’rida ba’zi narsalarni aytib
bera oladigan shaxsni deyarli har vaqt uchratish mumkin. Ba’zi kartinaning
mazmuni bolaga og’irlik qiladi, bola undan hech narsa tushunmaydi, boshqa bir
xillarining mazmuni bolaga aks ta’sir qilishi mumkin, uchinchi bir xillarida
bolaning anglashi uchun hali juda erta bo’lgan muhabbat yoki tibbiyotga doir
mavzular ko’rsatiladi. Bolalarni bunday lavhalarni ko’rishdan saqlanish kerak.
O’z-o’zidan ravshanki, kartina tanlashda bolaning ahvolini ham, maktabdagi
o’qishini, xulqini ham inobatga olish kerak.
Oila tarbiyasi samaradorligini oshirish va bu yo’lda muvaffaqiyatlarga erishish
omillaridan yana biri ota-onalarga mo’ljallangan tarbiyaviy mazmundagi
bukletlardir. Bukletlar mazmunida hayotiylik, bugungi kun qiyofasi aks etib turishi
kerak. Ana shunda ularning ta’sir kuchi yuqori bo’ladi.
Oilada jamoa bo’lib gazeta va jurnallarni mutolaa qilish bolalarning jamiyatda
ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlar, erishilayotgan yutuqlarni to’g’ri anglash,
Vatan himoyasi yo’lida jon bergan fidoiylardek bo’lishga intilish hissiga ega
bo’lishlariga yordam beradi. Mamlakat sportchilarining xalqaro musobaqalardagi
muvaffaqiyatlari, musiqa festivallari va boshqa ommaviy tadbirlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantiradi. Ota-onalar
bolalarni dastlab u yoki bu mazmundagi xabarlar olamiga olib kirishlari va asta-
sekin ularni mustaqil mafkuraviy ma’lumot olishga o’rgata borishlari kerak.
Odatda oilada tashkil etilgan har bir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’yicha
kundalik yoki xotira daftarlarini yuritish, do’stlar bilan xat yozishish, bolalarni sayr
yoki sayohatga olib chiqish, bolalarning mahalla, hovlini obod qilish ishlarida
ishtirok
etishi,
turar-joy
uylarining
hovlilaridagi
bolalarni uyushtirish,
uchrashuvlar, o’yinlar, sayrlar va boshqa shu kabilar tadbirlarni tashkil etish ham
bolalarni oila muhitida atrofdagilar – qo’ni-qo’shnilar yordamida, ularning ibratlari
vositasida samarali tarbiyalash imkonini beradi.
120
Uy sharoitida bolalar tomonidan milliy axloq talablarini o’rganishlariga
erishishda ham tarbiya metodlarini tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Bunga
ularning nafaqat mazmuniga, balki shakliga ham e’tibor berish kerak. Har bir ishda
bolalarning faol bo’lishlariga erishish lozim, ularda faqat ko’rish va eshitish
malakasinigina tarbiyalab qolmay, balki istak, xohish, qiziqish, g’alabaga intilish,
to’sqinliklarni engish, o’ziga o’rtoqlarini va kichik bolalarni jalb qila olish
malakalarini ham tarbiyalab borish talab etiladi.
Uy-ro’zg’or yumushlarni turli metodlar yordamida amalga oshirish mumkin.
Bu holat o’z-o’zidan bolalarni ham aqliy, ham jismoniy jihatdan fikrlashga,
o’ylashga majbur qiladi. Oila sharoitida bajarilayotgan ishlarning barchasini doimo
madaniy faollikdan ijtimoiy-siyosiy faollikka aylanib borishiga erisha olish lozim.
Zero, shundagina bolalar o’zlarini shu jamiyat a’zosi ekanligini tobora chuqur his
qilib boradi va samarali mehnat qilish ko’nikmalarini o’zlashtiradilar.
Sobiq Ittifoq davrida bolalar tarbiyasiga nisbatan umumiy, mavhum, ya’ni,
“sovet o’quvchisi”, “sovet bolasi”ni tarbiyalashga yo’naltirilgan talablar qo’yib
kelindi. Bolalarning kamolotiga qo’yiladigan milliy talablar ularda shaxsiy
imkoniyatlariga bo’lgan ishonchni yuzaga keltiradi, shaxsiy hayotining jamiyat
ijtimoiy hayoti bilan uzviy aloqadorlik va bog’liqlikda kechishi borasidagi
qarashni qaror toptiradi, shuningdek, oilaning muqaddasligini tushunish, uning
sha’ni, obro’si uchun kurashish oddiy insoniy burch ekanligini anglashga imkon
beradi. Ota-onalar bilan bolalar o’rtasida samimiy munosabatni o’rnatish oila
tarbiyasini samarali tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir.
Millatparvarlik milliy mustaqillik sharoitida xalqning ijtimoiy-g’oyaviy
birligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan fazilat bo’lib, u jamiyat
fuqarolarining manfaatlari uchun kurashishni ifoda etadi.
Shunday qilib, bolalar bilan ishlashning boshlang’ich davrida ota-onalarning
talabchanligi ularni foydali faoliyatga yo’naltirish, shuningdek, noma’qul, befoyda
harakatlarning oldini olish hamda to’xtatishning muhim omillaridan biri sanaladi.
Bugungi kunda oila tarbiyasi jarayonida milliy istiqlol talablari asosida
bolalarda muayyan sifatlarni tarbiyalashni ijtimoiy maqsadga aylantirish talab
etilmoqda. Bu yo’lda qo’llaniladigan metodlardan biri – bolalarda istiqbolga
ishonchni hosil qilish hisoblanadi.
Istiqbolga bo’lgan ishonchni hosil qilish bolalar bilan birga muayyan
tadbirlarda ishtirok etish, birgalikda istirohot bog’i yoki mehmondorchilikka
borishdan iborat bo’lishi mumkin. Mazkur metodni har bir bolaning hayotiy
ehtiyoji, talabini inobatga olish asosida qo’llab, keyinchalik uni rivojlantirib,
oilaviy, hatto, umummilliy munosabatlar darajasigacha ko’tarish mumkin.
Agar ota-onalar bolalarga istiqbolni ma’lum ko’rsatmalarsiz tushuntirsalar, ular
ijtimoiy, umummilliy maqsadlarni shaxsiy maqsadlar sifatida qabul qiladilar.
Buning oqibatida kelajakda ular tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat shaxsiy
manfaatlarga asoslanib qolishi mumkin. Bordi-yu, bolalarning istiqbol maqsadlari
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lsa, ularning faoliyatlari mazmunli bo’lish bilan birga,
ularning faoliyatini boshqarish muayyan natijalarning kafolatlanishi asosida
kechadi.
121
Shuning uchun bolalarda istiqbolli, ya’ni, shaxsning qiziqish va intilishlariga
daxldor holda uni ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga undaydigan maqsadni
shakllantirish pedagogik jihatdan eng to’g’ri yo’ldir.
Bolalarda kelajakka bo’lgan ishonchni shakllantirish o’smir shaxsiga ta’sir
ko’rsatishning ta’sirchan metodi bo’lib, uning yordamida zerikarli, uzoq muddatli
faoliyatni ham maroqli jarayonga aylantirish, uni yangi mazmun bilan to’ldirish
imkoniyati yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |