122
dolzarb vazifasi hisoblanadi. Istiqbolni aniq
anglash bolalarda shaxsiy
manfaatlarini millat manfaatlari bilan muvofiqlashtirishga imkon beradi, buning
natijasida ularning buzg’unchi, yot g’oyalar ta’siriga tushishlarining oldi olinadi.
Sobiq sho’ro pedagogikasida tarbiya jarayonini to’la boshqarib bo’lmas edi.
Buning asosiy sababi nomilliy, sinfiy pedagogika g’oyalari jamiyat tomonidan
to’laqonli qabul qilinmaganligidadir. Bu boradagi
ziddiyat shaxsning milliy
muhitdagi manfaatlari to’qnash kelib, uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatardi.
Shu bois oila tarbiyasi jarayonini tashkil etishda shunday vositalarning tanlanishi
talab qilinmoqdaki, ular bolaning har tomonlama etuk, barkamol va erkin shaxs
sifatida kamol topishiga xizmat qilsin.
Tarbiya jarayonini samarali boshqarishda shaxs tomonidan muayyan pedagogik
andoza (namuna yoki ideal)ning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqbul pedagogik andoza (namuna yoki ideal)ni o’zlashtirish shaxs
ehtiyojlariga
mutanosib bo’lishi zarur.
Namuna (yoki ideal)ning shaxs faoliyatida o’z in’ikosiga ega bo’lishi tarbiya,
shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalash jarayonlarini boshqarishda samarali yo’llardan
foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. O’z-o’zini tarbiyalashning bunday
ko’rinishini istiqbolli namuna deb atash mumkin.
Tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli boshqarishning garovi istiqbollar, birinchi
navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan jamoa istiqbollarini ilgari surishdan
iboratdir. Bu jarayonda amal qilinishi zarur bo’lgan shart istiqbol mohiyatini sekin-
asta
murakkablashtirib borish, uning vaqti jihatidan uzoqlashuvi, shuningdek,
shaxsiy, oila va millat istiqbollarning o’zaro uyg’unligiga erishishdir. Pedagogik
namuna shaxsning ehtiyojlari bilan uyg’un bo’lgandagina faoliyatning ichki
mazmuni bo’lib qoladi. Istiqbol mazmunan takomillashtirilib
borilmas ekan,
mohiyatan bir xil, oddiy istiqbollarning tez-tez takrorlanishi bolalarda hafsalasizlik
va uquvsizlikni keltirib chiqaradi. Buning natijasida tarbiya va o’z-o’zini
tarbiyalash jarayonini boshqarib bo’lmaydigan bo’lib qoladi.
Istiqbolni ko’rsatish metodi ta’sir kuchini oshirish uchun tarbiyalanuvchilarning
o’z ota-onalariga hamda ota-onalarning ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan
pedagogik faoliyat, uning mazmuni va yo’nalishiga bo’lgan munosabatlari
darajasini o’rganish talab etiladi.
Demak, ota-onalar hamda bolalar o’rtasida samimiy, o’zaro yordam va
ishonchga asoslanuvchi munosabatlarni o’rnatish oila tarbiyasi jarayonini samarali
boshqarishga yordam beruvchi sog’lom oilaviy muhitni yaratadi. Oila tarbiyasi
jarayonini boshqarish shaxsning o’z-o’zini g’oyaviy tarbiyalashni tashkil etishning
zarur shartidir. O’z-o’zini tarbiyalash jarayoni, shuningdek, bola psixologiyasining
jamiyat mafkurasi asoslari
bilan boyitib borilar ekan, pirovard natijada uning
yo’nalishini shart qilib qo’yadi.
Dostları ilə paylaş: