Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Nazorat uchun savollar:
1. “Oila pedagogikasi” qanday fan? 
2. Fanining predmetini nima tashkil etadi? 
3. Fan o’z oldiga qo’yilgan qanday vazifalarni hal qiladi? 
4. “Oila pedagogikasi” fani bilan “Pedagogika nazariyasi va amaliyoti” fani 
o’rtasida qanday uzviy aloqadorlik mavjud? 
5. “Oila pedagogikasi” fani va “Oila psixologiyasi” fanlari o’rtasida aloqadorlik 
mavjudmi? 
6. Oila, oilaviy munosabatlarga doir muammolar qanday ilmiy pedagogik 
tadqiq metodlari yordamida tadqiq etiladi?


23 
7. Oila pedagogikasi fan sifatida qanday rivojlanib kelmoqda? 
 
Mavzuga oid adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: 
“Ma’naviyat”, 2008. – 52-58-betlar. 
2. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. – 
Toshkent: “O’qituvchi”, 1999. – 42-50-betlarG’ 
3. Oila pedagogikasi G’ O.Hasanboeva va b. – Toshkent: “Aloqashi”, 2007. – 5-16-
betlar. 
4. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 14-39-betlar. 
 
Amaliy topshiriqlar: 
1.
“Klaster” metodi yordamida oilaning umumiy mohitini yoriting! 
2.
“Oila pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligini sxema yoki 
jadval asosida ifodalang! 
3.
Oila tarbiyasi muammolarini tadqiq etishda keng foydalaniladigan ilmiy-
pedagogik metodlar mohiyatini blits-so’rov metodi yordamida yoritishga urinib 
ko’ring! 
 
Amaliy topshiriqlarni bajarish
yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar: 
1. Odatda “Klaster” metodi qo’llanilganda akademik guruh talabalarining ikki, 
uch yoki to’rt guruhga ajratish samarali sanaladi. Talabalarning bu tarzda 
guruhlanishi: 1) klasterlarning to’laqonli shakllantirilishini ta’minlaydi; 2) ikki, 
uch yoki to’rtta klasterni bir-biri bilan taqqoslash nisbatan oson kechadi; 3) 
klasterlar orasidan mazmunan eng to’liq, mukammal bo’lgan variantni ajratib olish 
qiyin kechmaydi.
2. Sxema, jadval yoki tasvirni shakllantirishga oid topshiriqlarni bajarishda 
talabalarning kichik guruhlar yoki juftliklarda ishlashlari maqsadga muvofiq. Zero, 
bunday holatda ular o’zaro fikr almashish, o’z fikrini qat’iylashtirish imkoniyatiga 
ega bo’ladi.
3. Talabalar blits-so’rov metodi yordamida oila tarbiyasi muammolarini tadqiq 
etishda keng foydalaniladigan ilmiy-pedagogik metodlar mohiyatini yoritishda 
ularning har biriga imkon qadar qisqa ta’rif bera olishlari kerak.
M: pedagogik kuzatish – tadqiqotchi tomonidan
 
oilada tashkil etiladigan 
pedagogik (tarbiyaviy) jarayon bevosita yoki bilvosita sinchiklab o’rganilishini 
ifodalovchi metod. 
Mashg’ulotlar jarayonida talabalar quyidagi metodlar mohiyatini yuqoridagi 
kabi qisqa ta’riflar asosida yorita olishlari kerak:
1. Suhbat metodi – ...
2. Anketa metodi – ... 
3. Intervyu metodi – ... 
4. Test metodi – ... 
5. Pedagogik tajriba metodi – ... 
6. Ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metod – ... 


24 
7. Matematik-statistik metod – ... 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin