Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Pedagogik kuzatish. 
Ushbu metod yordamida tadqiqotchi tomonidan
 
oilada 
tashkil etiladigan pedagogik (tarbiyaviy) jarayon bevosita yoki bilvosita sinchiklab 
o’rganiladi.
 
Pedagogik kuzatish orqali oiladagi tarbiyaviy jarayonini o’rganish 
asosida tadqiq etilayotgan muammo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida 
qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq aniqlanadi. Pedagogik kuzatish 
murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, 
uzluksiz, izchil, tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. 
Olib borilayotgan pedagogik kuzatish oila tarbiyasi samaradorligiga erishish, 
barkamol shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, u holda metodning ahamiyati 
yanada oshadi. 
Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar jarayonida 
pedagogik kuzatuv metodini qo’llashda tadqiqotchi samaradorlikka erisha olishi 
zarur. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 
1)
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 
2)
kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; 
3)
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 
4)
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish; 
5)
xulosa chiqarishga shoshilmaslik. 
Suhbat metodi.
Ilmiy tadqiqot metodlaridan biri bo’lgan – suhbat asosida 
tarbiyani tashkil etish jarayonida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud 
holatga to’g’ri baho berish, oilaviy muammolar echimini topishga imkon beruvchi 
shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini 
muammo echimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat metodi maqsadga muvofiq 
holda individual, guruhli va ommaviy shakllarda tashkil etiladi. Uni tashkil etish 
jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to’la-to’kis namoyon bo’lishiga 
erishish muhimdir. Oila tarbiyasini tashkil etishda suhbat metodini qo’llashda ham 
muayyan shartlarga amal qilish talab etiladi. Ular quyidagilardir: 
1. 
Педагогик кузатиш. 
2. 
Суҳбат методи. 
3. 
Анкета методи. 
4. 
Интервью методи. 
5. 
Тест методи. 
6. 
Педагогик тажриба методи. 
7. 
Ижтимоий-педагогик ретроспектив метод. 
8. Математик-статистик метод 


20 
1)
tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi 
savollarning mazmuni aniqlash, savollar o’rtasida o’zaro mantiqiy bog’lanish va 
izchillikni ta’minlash; 
2)
suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; 
3)
suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to’xtamga kelish; 
4)
suhbatdosh to’g’risida avvaldan ayrim ma’lumotlarga ega bo’lish; 
5)
suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo’lish; 
6)
suhbatdoshning o’z fikrlarini erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit 
yaratish; 
7)
savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; 
8)
olingan ma’lumotlarni o’z vaqtida tahlil qilish. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin