Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

“Iqtisodiyot asoslari”
– iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlarni samarali 
tashkil etish, shuningdek, oila xo’jaligini oqilona yuritish shartlari, qonuniyatlari, 
ustuvor tamoyillarini o’rganuvchi fan. Fan asoslarining puxta bilishi ota-onalarga 
oila 
iqtisodiyotini 
samarali 
boshqarish, 
oila 
byudjetini 
muvaffaqiyatli 
shakllantirish, uni to’g’ri taqsimlash bilan birga farzandlarni tejamkorlikka 
o’rgatishga xizmat qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa, farzandlarni 
yoshlikdan oila xo’jaligini tashkil etish va boshqarishga o’rgatib borish o’ziga xos 
ahamiyat kasb etadi. Farzandlarni yoshlikdan tejamkorlikka o’rgatib borish ularni 
mustaqil oilaviy hayotga muvaffaqiyatli tayyorlashga ham yordam beradi. Oila 
a’zolari o’rtasida mehnat taqsimotining to’g’ri yo’lga qo’yilishi, oilaviy 
munosabatlarning o’zaro yordam, hamjihatlilikka asoslanishi esa farzandlarni 
mehnatsevarlikka, oqibatga, tartib-intizomga, o’zgalar mehnatini qadrlashga
mehnat mahsuli bo’lgan ne’matlarni isrof qilmaslikka o’rgatadi. Bu esa oila 
tarbiyasini samarali tashkil etishda nihoyatda muhimdir.
 
Oila pedagogikasi fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. 
Oila pedagogikasi fani rivoji 
oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasidagi muammolarni tadqiq etish 
maqsadida olib boriladigan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni hamda natijalari 
hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi 
shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik 
shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi 
holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonining mohiyatini anglash 
ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida ularning 
sodir bo’lish sabablarini o’rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy 
izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Tarbiya jarayonida 
maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul va ayni vaqtda samarali bo’lgan metodlarni 
tanlay olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tarbiya masalalariga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab
muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq 
maqsad kabi xususiyatlarga ega bo’lgan jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi 
uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: 
1)
muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; 
2)
ilmiy farazlarning to’g’ri shakllantirilganligi; 
3)
vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to’g’ri belgilanganligi; 
4)
tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv; 


19 
5)
tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, 
psixologik 
va 
shaxsiy 
xususiyatlari, 
shuningdek, 
shaxs 
rivojlanishi 
qonuniyatlarining to’g’ri hisobga olinganligi; 
6)
tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o’tish; 
7)
tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi. 
Zamonaviy sharoitda oila tarbiyasi muammolarini tadqiq etishda quyidagi 
ilmiy-pedagogik metodlardan foydalanilmoqda: 
Quyidagi mazkur metodlarning oila tarbiyasi muammolarini tadqiq etishdagi 
o’rni va roli xususida so’z yuritiladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin