“Etnografiya” (
“Xalqshunoslik”; “ethnos” – qabila, xalq Q “grapho” –
yozaman) – jahondagi barcha xalqlarning, etnik birlikning turli tiplari, ularning
kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma’naviy
taraqqiyot darajasidan qatiy nazar, teng holda o’zaro tafovuti yoki umumiyligi va
o’xshashligini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganuvchi maxsus fan
sohasi
14
. Ota-onalarning fan asoslari bilan tanishishlari ularning asrlar davomida
oila tarbiyasida qo’llanib kelinayotgan milliy tarbiyaviy ta’sir shakllari, metod va
vositalardan xabardor bo’lish, shaxsiy faoliyatda ulardan foydalanishlariga yordam
beradi. Qolaversa, “Etnografiya” fani asoslari ota-onalarni farzandlarning yosh,
psixologik xususiyatlari, jismoniy imkoniyatlariga tayangan holda milliy
tarbiyaviy ta’sir metod va vositalarini o’rinli, maqsadli qo’llashga o’rgatadi.
Natijada ular milliy tarbiyaviy ta’sir metod va vositalarining shaxs kamolotiga
ta’sirini to’g’ri baholash, turli vaziyatlarda metod va vositalarni birga qo’llash, bir
metod yoki vositani ikkinchisi bilan o’rinli almashtirishga doir ko’nikma,
malakalarini o’zlashtiradilar.
“Axloqshunoslik” (“Etika”; lot. “ethica” < yun. “ethos” – urf-odat, xulq-atvor)
– axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi o’rnini
15
, axloqning shakllanish
shart-sharoitlarini va shakllarini o’rganuvchi
16
fan. Ota-onalar tomonidan
“Axloqshunoslik” fani asoslarining o’zlashtirilishi ularda farzandlar shaxsida
namoyon bo’ladigan
ma’naviy-axloqiy sifatlar xususidagi tasavvurlarni,
farzandning ma’naviy-axloqiy fazilatlari uning kamolotini belgilovchi asosiy
mezonlar ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni hosil qiladi. Farzandlarning
muayyan ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lishi ularning kamoloti darajasini
belgilaydi. Shu sababli ota-onalar jamiyat, oila hamda bola mansub bo’lgan
mikromuhitda shakllangan munosabatlarning unda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni
shakllantirishga ta’sirini bilishlari nihoyatda muhim. Qolaversa, farzandlarning
shaxs sifatidagi ijtimoiy mavqei uning borliqqa bo’lgan munosabati bilan
belgilanadi. Bolada o’z shaxsiga, atrofdagilarga, tabiatga nisbatan ijobiy
munosabatni qaror toptirishda “Axloqshunoslik” fani asoslaridan ota-onalarning
xabardorlik darajasi muhim ahamiyat kasb etadi.