“Yosh va pedagogik psixologiya” – individning tug’ilganidan boshlab to
keksaligigacha bo’lgan ontogenetik rivojlanishi davomidagi shaxs psixologik
taraqqiyoti hamda uning shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini o’rganuvchi fan
13
.
Fan asoslari ota-onalarga turli yoshdagi farzandlar bilan muloqotni tashkil etish,
ularda muayyan ma’naviy-axloqiy, irodaviy sifatlarni, sog’lom ruhiyatni samarali
shakllantirishda yordam beradi. Qolaversa, ota-onalar farzandlarni yosh,
psixologik xususiyatlariga tayangan holda ularni turli mazmun, yo’nalish va
ko’lamdagi ijtimoiy munosabatlarga jalb etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Xususan, maktabgacha ta’lim yoshidagi farzandlar bilan muloqotda ularni ko’proq
atrof-muhit bilan tanishtirish, nutqini boyitishga e’tibor qaratsalar, boshlang’ich
maktab yoshidagi farzandlarda faoliyat, xususan, o’qish faoliyatiga nisbatan
mas’uliyatli yondashish, o’yin va mehnat faoliyati uyg’unligiga erishish orqali esa
oddiy mehnat ko’nikmalarining asta-sekin shakllanishiga muvaffaq bo’ladilar.
O’smirlarda esa shaxsini shakllantirish ustida ko’proq ishlash, nafaqat mehnat
faoliyati, shu bilan birga sport turlari bilan faol shug’ullanishga oid malakalarning
shakllanishiga erishsalar, o’spirinlarda kasbiy faoliyat yo’nalishini to’g’ri tanlash,
qiziqish, xohish-istaklariga tayangan holda muayyan kasb yoki hunar yo’nalishlari
bo’yicha mutaxassislik bilimlarini puxta o’zlashtirishga nisbatan mas’uliyat hissini
tarbiyalanishining uddasidan chiqadilar. Shu bilan birga ota-onalarning yosh va
pedagogik psixologiyaga oid bilimlari yoshlik, navqironlik va keksalik davrlarida
kundalik, ijtimoiy va kasbiy faoliyatni, turli doiralarda kechadigan muloqotni eng
maqbul shakllarda tashkil etish borasidagi tajribalarining farzandlarga samarali
tarzda uzatilib boradi.
“Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” – mamlakat mustaqilligini
mustahkamlash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, har
tomonlama etuk, komil insonni tarbiyalashga oid yaxlit, izchil ta’limot mohiyatini
yorituvchi fan. Oila – jamiyatning kichik bo’g’ini. Boshqacha aytganda, oilaning
o’zi bir kichik jamiyat. Shu sababli oilaning barqarorligi, undagi sog’lom muhit,
uning farovonligi bevosita jamiyatning barqarorligi, ijtimoiy munosabatlarning
sog’lomligi hamda mamlakat farovonligini ta’minlashga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ota-onalarning fan asoslaridan xabardorliklari oila va jamiyat manfaatlarini
uyg’unlashtirish, oila istiqbolini mamlakat taraqqiyoti bilan bog’liq holda ko’rish
imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga ota-onalar fan asoslari blan tanishish orqali
fuqaro sifatida komil insonni tarbiyalashga mas’ul ekanliklarini anglab etadilar.
Turli madaniyatlar qorishuvi, “ommaviy madaniyat” ta’siri, mafkuraviy kurash
tobora kuchayib borayotgan mavjud sharoitda oilalarda milliy tarbiyani tashkil
etish, farzandlarni turli yot, buzg’unchi g’oyalardan himoyalash, ularni asrlar
davomida qadrlanib kelinayotgan an’analar ruhida tarbiyalash yo’llari, metod va
vositalaridan xabardor bo’ladilar.
13
Большая психологическая энциклопедия Самое полное современное издание. – Москва: Эскмо, 2007. – С.
92.