Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


“Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi”



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

“Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi”
– boshlang’ich sinf o’quvchilarining 
yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni o’qitish va tarbiyalash 
jarayonining mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, tarkibiy tuzilmasi, shakl, metod 
va vositalarini o’rganadigan fan bo’lib, u oilada bolalar tarbiyasini tashkil etishda 
boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalarning yosh, psixologik xususiyatlariga 
tayanish imkoniyatini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini maktab 
ta’limiga samarali moslashishlarini ta’minlashda ona-onalarga yaqindan yordam 
beradi. Bu yosh davri bolalarini to’g’ri tarbiyalashda ularning qat’iy belgilangan 
kun tartibiga ega bo’lishlari, o’qish va o’yin faoliyatini uyg’unlashtira olish 
maqsadga muvofiqdir.
“Pedagogika nazariyasi va amaliyoti”
– muayyan tizim asosida tashkil 
etiladigan pedagogik faoliyat, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli, metod va 
vositalari, shuningdek, pedagogik fikrlarning paydo bo’lish va rivojlanish tarixini, 
turli davrlarda bola tarbiyasini tashkil etishga oid bilimlarning shakllanishini 
tadqiq qiluvchi fan. Ushbu fan oilada farzandlar tarbiyasini tashkil etishda ota-
onalarni insoniyat, xususan, o’zbek xalqi tomonidan to’plangan tarixiy tajriba bilan 
yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi. Xususan, xalq pedagogikasining etakchi 
g’oyalari, bolalarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash, ulardagi salbiy odatlarni bartaraf 
etishda qo’llaniladigan xalqona pedagogik faoliyatning samarali, shakl, metod 
hamda vositalar, oilada farzandlar tarbiyasini tashkil etishga nisbatan milliy 
yondashuvning o’ziga xos jihatlariga oid ma’lumotlar bilan ota-onalarni 
tanishtirishda “Pedagogika nazariyasi va amaliyoti” fani o’ziga xos o’rin tutadi.
“Ijtimoiy pedagogika”
– shaxsni ijtimoiylashtirish qonuniyatlari, voyaga 
etmaganlar bilan bog’liq ijtimoiy muammolar (pedagogik qarovsizlik, bolalar 
ichkilikbozligi, voyaga etmaganlar, jinoyatchiligi, giyohvandligi va fohishabozligi 
kabilar)ni pedagogik nuqtai nazardan hal qilish, ijtimoiy pedagogik faoliyatni 
samarali tashkil etish texnologiyalarini yaratish masalalarini o’rganadigan fan. Oila 
tarbiyasini tashkil etishda ota-onalarning “o’tish davri” – o’smirlikning o’ziga xos 
xususiyatlari, bu davrda o’smirlar xulqida kuzatiladigan pedagogik og’ish, 
o’smirlarni to’g’ri tarbiyalash yo’llari, shakl, metod, vositalari, shuningdek, 
ularning shaxsida ko’zga tashlanadigan salbiy sifatlarni bartaraf etishga oqilona 
yondashuv, o’smir hamda o’spirinlarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etishning 
pedagogik afzalligi kabilardan xabardor qilishda “Ijtimoiy pedagogika” fani 
muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, mazkur fan ota-onalarni pedagogik 
qarovsizlik, 
bolalar 
ichkilikbozligi, 
voyaga 
etmaganlar, 
jinoyatchiligi, 


13 
giyohvandligi va fohishabozligi kabi salbiy ijtimoiy illatlardan muhofaza qilish
voyaga etmaganlarda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini muvaffaqiyatli 
shakllantirishga oid nazariy hamda amaliy bilimlar bilan qurollantiradi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin