Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

oila, nikoh, qon-qarindoshlik
ota-ona, farzand (farzandlar), keksa avlod (buva, buvi), oila tarbiyasi
kabi 
tushunchalari yotadi. 
Oila har bir shaxs hayotida o’ta muhim ahamiyatga ega. Zero, har bir shaxs 
oilada dunyoda keladi, unda qaror topgan muhitda yashaydi, kamolotga erishadi, 
tarbiyalanadi. Shaxsning ruhiyati, irsiy, etnik hamda mental xususiyatlari, axloqiy, 
jismoniy, irodaviy sifatlari va dunyoqarashining shakllanishida ham oila “yadro” 
bo’lib xizmat qiladi.
“O’zbek tilining izohli lug’ati”da “oila” atamasi arab tilidan tarjima qilinganda 
“bola-chaqa”, “xonadon”, “urug’”, “avlod” ma’nolarini anglatilishi aytilib, u 
bevosita shaxsga dahldorlik nuqtai nazaridan tushuncha sifatida shunday 
ta’riflanadi: “Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan 
iborat birga yashovchi kishilar majmui”
8
. “O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi”da 
7
Иномова М. Оилада болаларнинг маънавий-ахлоқий тарбияси – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 1999. 
– 20-21-бетлар. 
8
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Н – Тартибли / 5 жилдли. Учинчи жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2007. – 97-бет.



esa oilaning nikoh yoki tug’ishganlikka asoslangan kichik guruh
9
ekanligi 
ta’kidlanadi.
Demak, 
oila
– o’zaro rozilikka asoslangan nikoh va qon-qarindoshlik rishtalari 
asosida birlashgan kishilar majmui. Oilaning shakllanishi va mavjud bo’lishi 
negizida ikki jins – er va xotin o’rtasida tuzilgan nikoh yotadi. 
Nikoh
– oila qurish, 
farzand ko’rish va ularni tarbiyalash maqsadida ikki jins vakillarining o’zaro 
roziligi asosida tuzilgan, huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan ittifoqi
10
Rasmiy nikoh unga kirishayotgan ikki jins vakili – erkak va ayolga birgalikda 
kechiriladigan turmushda, shuningdek, tug’iladigan farzandlar oldida ma’lum 
majburiyat (burch) va huquqlarga ega bo’lish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga 
oila shakllantirilgandan so’ng farzandlarning tug’ilishi o’z-o’zidan nikohlangan ikki 
jins vakili – erkak va ayolning ota hamda ona maqomiga ega bo’lishini 
ta’minlaydi. 
Ota va ona 
biologik jihatdan farzandlarga ega bo’lib, ularga ijtimoiy-
huquqiy jihatdan vasiylik qilish, keksaygan chog’larida esa ularning 
g’amxo’rliklariga munosib bo’lgan erkak va ayol. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin