Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgis



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgis
idir. Insoniyat tarixi qanchalik 
turfa va murakkab bo’lishiga qaramay, ayniqsa, ushbu maskan o’z tizimi, tarkibi 
va jamiyat oldidagi majburiyatlarini bajarish nuqtai nazaridan asl mohiyatini 
saqlanib qolgan 
ijtimoiy tuzilma
sanaladi 
Jamiyatning ajralmas bo’lagi bo’lgan oila nafaqat har bir shaxs, balki har bir 
millat, elat taraqqiyotida ham muhim o’rin tutadi. Biror bir xalq, millat yoki 
jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda 
oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har 
qanday jamiyatning rivoji, millatning taraqqiy etishida oilaning o’rni alohida 
ekanligini ta’kidlar ekan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
quyidagilarni bayon etadi: “Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini 
shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri 
beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha 
va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, 
tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik 



va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas 
tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”
2

Oila nikohga yoki a’zolarining ijtimoiy turmush tarzi, o’zaro axloqiy 
javobgarligi va o’zaro yordamiga asoslangan qon-qarindoshlarning kichik guruhi
3
.
Insonparvar demokratik huquqiy davlatda mavjud bo’lgan oilaga quyidagicha 
ta’rif mavjud: “Oila jamiyatning tabiiy va asosiy bo’g’ini bo’lib, yuridik ma’noda 
nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki boshqa shakllarda bolalarni doimiy 
tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli huquq va majburiyatlar bilan 
bog’langan shaxslar doirasidan iborat bo’lgan milliy mustaqillik mafkurasiga, 
umuminsoniy 
qadriyatlar 
va 
sharqona 
an’analarga asoslangan oilaviy 
munosabatlarni rivojlantirib, uni mustahkamlashga qaratilgan fuqarolar ittifoqidan 
iboratdir”
4
.
 
Psixolog olimlar oilani kichik bir ijtimoiy guruh sifatida ta’riflaydilar. Oilani 
tashkil etuvchi ushbu guruh nikoh orqali hamda yaqin urug’chilik rishtalari bilan 
bir-biriga bog’langan bo’lib, ular o’rtasidagi munosabatlarga xos bo’lgan muhim 
jihatlar – bu o’zaro mehr-muhabbat, g’amxo’rlik, mas’uliyatlilik va albatta, hayot, 
turmush tarzidagi umumiylikdir
5

Sotsiologiya oilaga yaxlit ijtimoiy organizmning qismi, jamiyat bo’g’ini, 
ijtimoiy tarbiya jamoasi sifatida qaraydi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada sodir 
bo’layotgan o’zgarishlar albatta, oilada o’z aksini topadi. Biroq boshqa – ishlab 
chiqarish, kasbiy, siyosiy-ijtimoiy birlashmalardan farqli ravishda oila to’g’ridan-
to’g’ri qayta qurishga uchramaydi. Oilaning axloqiy, psixologik jihatdan 
yangilanishi uzoq, murakkab, qarama-qarshiliklarga bog’liq jarayondir. 
Iqtisodiy o’zgarishlarga nisbatan yangi axloq me’yorlarga asoslangan ijtimoiy 
munosabatlar oilada sekin sur’atlarda shakllanadi. Oilaviy o’zgarishlarning amalga 
oshishida ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari biologik, psixologik, demografik 
omillar ham ishtirok etadi.
Psixologlarning qayd etishicha, shaxs hayotining birdan-bir to’g’ri yo’li – bu 
oilaviy hayot sanaladi. Oilaviy hayotning samarasi unda sog’lom muhit qaror 
topganligi bilan belgilanadi. Binobarin, “oila sog’lom ekan, jamiyat mustahkam, 
jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir”
6

Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek
oila muhim tarbiya o’chog’i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, 
momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o’tgan yaxshi 
udum, odatlar mavjud. Pedagog olima M.Inomova oilaning quyidagi jihatlarini 
alohida ajratib ko’rsatgan: 
-
oila o’ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega; 
-
oila bola uchun o’ziga xos “ko’zgu” bo’lib, ota-onaning shaxsiy namunasi, 
ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi; 
2
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008. – 52-бет. 
3
Педагогический энциклопедический словарь – Москва: Владос, 2002. – С.257.
4
Каримова О. Оила ҳуқуқи асослари – Тошкент: “Ўқитувчи”, 2003. 
5
Каримова В. Оилавий ҳаёт психологияси – Тошкент: Фан, 2006. – 10-бет. 
6
Ўша асар. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008. – 58-бет. 



-
oila o’ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo’lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy 
his-tuyg’ular jamuljam bo’ladi; 
-
oila sharoitida bolalarda o’zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg’ulari ham 
tarbiyalanadi; 
-
oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning 
muhim omili sanaladi; 
-
oila – er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota-onaning bir-biriga 
bo’lgan muhabbati bolaga ta’sir ko’rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga 
aylanishi mumkin
7
.
Demak, oila – tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning 
vazifasini bajara olmaydi.
Oila hayoti ko’p tomonlamali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijtimoiy-
biologik, xo’jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining har bir bosqichi bir 
funktsiyasining tugashi, boshqasining paydo bo’lishi, uning a’zolarining ijtimoiy 
faoliyatining o’sib borish ko’lami va tavsifi bilan bog’liq. V.A.Slastenin, I.F.Isaev, 
E.N.Isaevlarning fikricha, oila jamiyat va shaxsga munosabati bo’yicha muhim 
ijtimoiy ahamiyatga ega funktsiyalarni bajaradi. 
Xo’sh, oliy ta’lim tizimida “Oila pedagogikasi”ning o’quv fani sifatida 
o’qitilishi qanday nazariy va amaliy ahamiyatga ega? Ushbu o’quv fani doirasida 
qanday masalalar o’rganiladi? Bo’lajak pedagog hamda psixolog sifatida talabalar 
“Oila pedagogikasi” bo’yicha qanday bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtira 
olishlari zarur?
“Oila pedagogikasi” fanining mohiyatini to’la anglab olish uchun yuqoridagi kabi 
savollarga javob topish talab etiladi. Quyida ana shular to’g’risida so’z yuritiladi.
O’quv fanining umumiy mohiyatini anglab olishda har bir fan, o’quv fani 
asoslarini o’zlashtirishda bo’lgani kabi tanya tushunchalar mazmunidan etarlicha 
xabardor bo’lish talab etiladi.

Oila pedagogikasi” o’quv fanining markazida 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin