28
notiqni shakllantirishda muhim omillar sanaladi. Kvintilianning fikricha, oilada
bo’lajak notiqni tarbiyalashda bolalarni she’r yod olishga o’rgatish eng samarali
vosita sanaladi. Alloma o’z davrida bugungi kunda ham ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan
she’rni yod olish metodikasini asoslagan. Mashhur pedagog birinchi bo’lib, she’r
yodlash metodikasini quyidagicha asoslaydi:
1.
She’rni to’lig’icha o’qish.
2.
She’rni mantiqiy jihatdan qismlarga ajratish.
3.
She’rning har bir qismini yodlash.
4. She’rni to’lig’icha ifodali o’qish
24
.
Mashhur pedagogning fikricha, bolalarning qobiliyatlari quyidagi belgilarda
namoyon bo’ladi: kuchli xotira, o’tkir zehn, tezkor fikrlash, egallangan bilimlarni
uzoq vaqt saqlash, bolada juda yoshlikdan rivojlangan taqlidchilik
25
.
Dostları ilə paylaş: