Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Tomas Mor
(1478-1555 
yy.)dir. Adib o’zining “Utopiya” asarida shaxsiy manfaat jamiyat rivoji uchun 
zararli, aksincha, barcha fuqarolarning ijtimoiy-foydali mehnatda birdek faol 
ishtirok etishlari ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili ekanligini ta’kidlash orqali 
ikkita muhim tamoyilni ilgari surgan. Muallif tasavvurlarining mahsuli bo’lgan 
Utopiya davlati (ilmiy asosga ega bo’lmagan ideal jamiyat)da barcha fuqarolar 
mehnat qilishga majburdirlar. Bundan tashqari bu kabi jamiyatda ayol va erkak, 
shuningdek, bolalarning huquqiy jihatdan tengligi e’tirof etiladi, unga ko’ra hatto 
bolalar ham o’qish bilan mehnatni birga olib borishlari zarur. Tomas Mor o’z asarida 
bolalarni oilada tarbiyalashda mehnat vositasida, jamoa yordamida va jamoada 
tarbiyalashning ahamiyatini ko’rsatishga uringan.
Adibning bolalarni ona tilini sevishga o’rgatishni oiladan boshlash muhimligi 
haqidagi g’oyasi bugungi kun uchun ahamiyatlidir. Shu bilan birga Tomas Mor 
bolaning sog’lom o’sishi uchun oilada jismoniy tarbiyani yo’lga qo’yish, har 
qanday yo’nalishdagi tarbiya jarayonida ota-onalarning shaxsiy namuna 
ko’rsatishlari, farzandlarga hunar sirlarini o’rgatishda ko’rgazmalilikka e’tibor 
qaratishlari borasidagi fikrlari g’oyat ahamiyatlidir.
Evropa Uyg’onish davrining etakchi siymolaridan yana biri – 
Tomazo Kampanella
bo’lib,
 
uning pedagogik g’oyalari “Quyosh shahri” asarida o’z ifodasini topgan.
“Quyosh shahri” ham xuddi Tomas Morning “Utopiya” asari kabi ijtimoiy birlik, 
mehnatning 
umumiy 
va 
majburiylik 
xarakteriga 
egaligi 
tamoyillariga
asoslanuvchi, fuqarolari ilm-fan va san’at bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega 
bo’lgan davlat. Tomazo Kampanella Tomas Morga nisbatan bir qadar rivojlangan 
jamiyatda bolalarni tarbiyalash tizimi xususida so’z yuritadi. Mutafakkirning qayd 
etishicha, davlat hatto bo’lg’usi avlodning sog’lom bo’lishi uchun erkak va 
ayolning turmush qurishi haqida qayg’urishi, bu jarayonni nazorat qilishi zarur.
Tomazo Kampanellining fikricha, bolani ikki yoshidan boshlab ijtimoiy 
munosbatlarga tayyorlashni boshlash, uch yoshida ko’rgazmali vositalardan 
samarali foydalangan holda to’g’ri talaffuz qilishga, alifboni o’rganishga jalb etish 
maqsadga muvofiqdir. Shu davrlarda bolalarning jismoniy tarbiyasini kuchaytirish, 
sakkiz yoshidan boshlab esa ularni tizimli ravishda o’qitishni boshlash kerak. 
O’g’il bolalar o’n to’qqiz yoshga to’lgach, harbiy tayyorgarlik ko’nikmalarini 
o’zlashtira olishi zarur. Mutafakkir o’z asarlarida hatto ayollarga ham harbiy ta’lim 
berishni ijtimoiy zaruriyat deb hisoblaydi. Buning sababi urushlar sharoitida 


30 
ularning ham ishtiroki mumkinligidir. Qisqa qilib aytganda, T.Kampanellining 
g’oyalari oila tarbiyasi bilan ijtimoiy tarbiyani o’zaro uyg’un holda olib borishni 
targ’ib etadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin