101
Tayanch tushunchalar:
metod, oila tarbiya, oila tarbiyasi metodlari, ijobiy
xarakteraga ega metodlar, salbiy xarakterga ega metodlar.
Oila tarbiyasini tashkil etishda qo’llaniladigan asosiy metodlar.
Oila
tarbiyasini tashkil etishda qo’llaniladigan metodlar asrlar davomida shakllanib,
takomillashib borgan. Ular bevosita ajdodlardan avlodlarga hayotiy faoliyat
jarayonida vorisiylik tamoyiliga muvofiq uzatilib kelingan. Shu bilan birga ular
avlodlar tomonidan to’plangan hayotiy tajribalar asosida boyitib borilgan. Oila
tarbiyasini tashkil etishda samarali bo’lgan metodlar ijtimoiy munosabatlarining
yo’nalishi, mazmuni va asosiy g’oyasiga muvofiq tanlab olinadi hamda pedagogik
ta’sir ko’rsatish maqsadida foydalanadi.
Oila tarbiyasi metodlari
– muayyan jamiyatda ijtimoiy maqsadni amalga
oshirish jarayonida pedagogik faoliyatning samaradorligini ta’minlash maqsadida
foydalaniladigan tarbiyaviy ta’sirlar tizimidan iborat. Bu metodlar shaxsiga
yo’naltirilgan bo’lib, bolalarda ijobiy mazmundagi sifatlarni tarbiyalash, ularni har
tomonlama, barkamol shaxs bo’lib kamolga etishlarini ta’minlashga xizmat qiladi
Pedagogika fanida e’tirof etilgan qarashlarga muvofiq tarbiya metodlari o’sib
kelayotgan avlod tarbiyasini tashkil etish, ularda ma’naviy-axloqiy, aqliy hamda
irodaviy sifatlarni tarbiyalash maqsadda qo’llaniladi. Milliy xususiyatlarni
namoyon etuvchi tarbiyaning muhim omillari bo’lgan tarbiya metodlari esa yosh
avlodni muayyan jamiyatda tan olingan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga asoslanib
tarbiyalashni nazarda tutadi.
Oila tarbiyasini tashkil etish chog’ida qo’llanilayotgan tarbiya metodlari
o’zlarining yo’nalishi, mazmuni va asosiy g’oyasiga ko’ra rang-barangdir. Oila
tarbiyasi metodlarini quyidagi tarzda guruhlash mumkin:
1.
Mazmuniga ko’ra.
2.
Qo’llanilishiga ko’ra.
3.
Ta’sir darajasiga ko’ra.
O’z navbatida oila tarbiyasida qo’llaniladigan metodlar guruhining har biri ham
alohida guruhlarga ajratiladi. Ular:
I. Mazmuniga ko’ra: 1) ijobiy xarakterga ega metodlar; 2) salbiy xarakterga ega
metodlar.
II. Qo’llanilishiga ko’ra: 1) faol qo’llaniladigan metodlar; 2) kam
qo’llaniladigan metodlar.
III. Ta’sir darajasiga ko’ra: 1) faoliyatdan norozilikni ifoda etuvchi metodlar; 2)
faoliyatni rag’batlantiruvchi metodlar; 3) faoliyatning ta’qiqlanishiga olib keluvchi
metodlar (9-rasm):
Dostları ilə paylaş: