Миллий ғурур
– шахс, ижтимоий гуруҳнинг миллий ўз-ўзини англаши
асосида шаклланадиган аждодлари қолдирган моддий ва маънавий меросдан, ўз
халқининг жаҳон цивилизациясига қўшган ҳиссаси, ўзга миллатлар олдидаги қадр-
қиммати, обрў-эътиборидан фахрланиш ҳиссини
ифодалови тушунча
112
hissassidan g’ururlanish imkoniyati. Milliy iftixor tuyg’usi – o’zligini anglash
o’zgalarni tushunishga da’vat etuvchi qudrali kuch”
91
.
Ma’lumki, tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini
tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan
turlicha ifodalab kelingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib
chiqib asoslangan
92
bo’lsa-da, barcha davrlarda ham milliy qadriyatlar, ularning
mohiyati tarbiya jarayoniga chuqur singdirilib borilgan. Eng muhim, tarbiya
jarayonida asosiy e’tibor sog’lom avlodni tarbiyalab voyaga etkazishga qaratilgan.
Sog’lom avlod
– jismonan baquvvat, ma’naviyati boy, axloqli, yuksak tafakkurga
ega avlod.
Har jihatdan etuk, sog’lom kishilar o’zlarida asrlar davomida o’zi mansub xalq
tomonidan e’zozlanib kelingan eng ulug’ fazilatlar – iymon, insof, mehr-oqibat,
shafqat va rahmdillilik, uyat va andisha, or-nomus, o’zaro hurmat, yuksak
Vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g’oyalarni
mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim.
Barkamol shaxs qiyofasida quyidagi fazilatlar o’z aksini topadi:
-
ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qo’ni-qo’shnilari,
mahalla-ko’yi, qishloqdoshlari va xalq farovonligi,
mamlakat obodligi va istiqboli uchun qayg’urish;
-
tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bo’lganligi
kabi o’zi ham ularga kerakli bo’lishga intilishi;
-
odob-axloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash;
-
ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bo’lib qolgan madaniy merosni qadrlash;
-
milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo’lib qolish;
-
vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularining barqaror bo’lishi;
-
o’zaro muomala-munosabatda o’rnak bo’lishga moyillik,
birovning og’irini engil qilishni odat qilish;
-
umumxalq ma’qullagan va hukumat tomonidan qabul qilingan
Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko’rsatish;
-
Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy
vatanparvarlik tuyg’ulari bilan yashash;
-
diyonat va adolat, mehr-shafqat va ezgulikni himoya qilish;
-
va’daga vafoli bo’lish va b.
Ma’naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan
quvmaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganda qaddi bukilmaydi, ba’zan
uyushtirilgan tuhmatu-fitnalarga uning ruhini tushira olmaydi. Demak, har qanday
shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma’naviy barkamol inson ma’naviyatini buza
olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega
inson – fidoyilik, jasorat, mardlik, o’z xalqini sevish, Vatanni qadrlash,
ajdodlaridan fahrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning
91
Ўша манба. – 179-бет.
92
Педагогика назарияси ва тарихи. 1-қисм: Педагогика назарияси / М.Х.Тохтаходжаева ва б. – Тошкент:
“Iqtisod-moliya”, 2007. – 380-бет.
113
insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi
bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |