Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Anketa metodi.
Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot 
jarayonida anketa metodi yordamida kuzatish hamda suhbat jarayonida to’plangan 
dalillar boyitiladi. Muammo yuzasidan tuzilgan savollar asosida respondentlar 
bilan muloqotni tashkil etish anketa metodiga asoslanadi. Odatda anketa 
savollariga javoblar yozma holda olinadi. O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan 
kelib chiqqan holda anketa ochiq yoki yopiq savollardan tashkil topadi. Ochiq 
savollarga asoslangan anketa respondentlarning muammo yuzasidan erkin, batafsil 
javob berishlari uchun imkon beradigan savollardan tarkib topadi. Yopiq 
savollarga ega bo’lgan anketa bilan ishlashda esa respondentlar “ha”, “yo’q”, 
“qisman”, “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va h.k. tarzdagi javob variantlaridan birini 
tanlaydilar. 
Oila masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari jarayonida anketa 
metodini qo’llashda quyidagi shartlarga amal qilish talab etiladi:
1)
savollar tadqiq etilayotgan oilaviy muammo mohiyatini yoritishga xizmat 
qilishi lozim; 
2)
savollar yirik hajmli, noaniq bo’lmasligi kerak; 
3)
savollar oilaviy muhitning xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi 
zarur; 
4)
savollar respondentlar tomonidan beriladigan javoblarning to’la bo’lishini 
ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; 
5)
savollarni tuzishda oilaning o’ziga xosligi inobatga olinishi zarur; 
6)
javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. 
Test metodi.
Ilmiy tadqiqot metodlaridan yana biri bu test metodidir. Ushbu 
metod orqali oila masalalari yuzasidan ilmiy tadqiqot jarayonida respondentlar 
tomonidan mavjud nazariy bilim, amaliy ko’nikma, malakalar darajasini 
aniqlashga xizmat qiladi. Test metodi: 
1)
ochiq turdagi testlar; 
2)
yopiq turdagi testlar; 
3)
to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollardan iborat bo’ladi.
Metodning afzalligi javoblarning aniq mezonlar bo’yicha tahlil etish imkoniyati 
mavjudligi, vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin