Matematik-statistik metod. Ushbu metod oila, oilaviy munosabatlar
muammolarini tadqiq qilishga doir tajriba-sinov ishlarining, umumiy holda
pedagogik tajribaning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
Unga ko’ra muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik
formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini
ifodalovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda, pedagogik
yo’nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent, V.P.Bespalko, V.V.Grechixin
metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Oila, oilaviy munosabatlar masalalari bo’yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqot
ishlarining quyidagi sxema asosida amalga oshirilishi kutilgan natijaga ega bo’lishni
kafolatlaydi: muammoning dolzarbligi; o’rganilganlik darajasi; tadqiqotning maqsadi,
ob’ekti, predmeti, vazifalari, ilmiy farazi, metodlari, metodologik asoslari, ilmiy
yangiligi, nazariy ahamiyati, amaliy ahamiyati va tuzilishi.
Demak,
oila
– hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini
ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak
nasllar qanday inson bo’lib etishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya
maskani sanaladi. Oilaning yosh avlod tarbiyasida tutgan muhim o’rni bu muhitda
tashkil etiladigan tarbiya mohiyatini o’rganishni taqozo etadi. Shuni alohida
ta’kidlab o’tish joizki, oila tarbiyasini tashkil etishning samarali yo’llari, ustuvor
tamoyillari, shakl, metod va vositalarini o’rganuvchi fan sifatida “Oila
pedagogikasi”ning shakllanishi mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yoshlar,
qolaversa, ota-onalarning pedagogik bilimlarini boyitishga xizmat qiladi. O’z
navbatida fan ijtimoiy, gumanitar, hatto, tabiiy fanlar bilan o’zaro bog’liqlik hamda
aloqadorlikda rivojlanadi. “Oila pedagogikasi” fanining istiqboli bevosita oila, oila
munosabatlariga oid masalalarda turkum ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishiga
bog’liq. Bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning pedagogik nuqtai nazardan oqilona
tashkil etilishi, kutilgan natijalarga erishish ilmiy-pedagogik metodlarning to’g’ri
tanlanishiga bog’liq.