31
erkaklardan ham ko’ra o’tkir aql-idrokka ega, erkaklar qatori eng yuqori
lavozimlarni bajarib kelmoqda.
Buyuk pedagog shaxsning rivojlanish bosqichlarini quyidagi to’rt davrga
bo’ladi:
1) go’daklik;
2) bolalik;
3) o’smirlik;
4) etuklik
27
.
Har bir davr olti yilni o’z ichiga oladi. Har bir yosh davriga mos keladigan
maktab mavjud bo’lishi kerak. Xususan, go’daklik davri uchun – ona maktabi,
bolalik davri uchun – boshlang’ich maktab (ona tili maktabi), o’smirlik davri
uchun – lotin maktabi yoki gimnaziya, etuklik davri uchun akademiyaning bo’lishi
maqsadga mvofiqdir.
Ya.Komenskiyning fikricha, har bir oila, har bir xonadon “ona maktabi”
hisoblanadi, zero, tarbiya dastlab oilada beriladi. “Ona tili maktabi” esa har bir
jamoada, har bir qishloqda, gimnaziya – har bir shaharda, akademiya har bir davlat
yoki viloyatda bo’lishi zarur.
Buyuk pedagog qanday qilib bolada o’qishga ishtiyoq uyg’otish mumkin, degan
savolga quyidagicha javob beradi: “Bolalarda o’qishga nisbatan ishtiyoqni
uyg’otish va uni saqlab qolish ota-onalar, maktab, o’quv fanlari, o’qitish metodi va
maktab boshliqlariga bog’liq... Agar ota-onalar bolalarning ko’z oldida donolik va
donishmandlar to’g’risida yaxshi gaplar aytishsa, yaxshi kitob, chiroyli kiyim yoki
boshqa yaxshiroq narsalar olib berishni va’da qilib, bolaning g’ayratini oshirsa,
ayniqsa, bolani o’qitishi lozim bo’lgan muallimning bilimdonligi va
xushmuomalaligini maqtashsa (axir, sevish va qoyil qolish taqlid qilishning eng
samarali vositasi hisoblanadi); nihoyat boladan ba’zan muallimga biror topshiriq
yoki kichik sovg’a bilan yuborib turishsa va h.k. bolalar fanni ham, ota-onani ham
astoydil sevib qoladilar”.
Umuman olganda, Ya.A.Komenskiy bolalarga ta’lim va tarbiya berishni ilmiy
jihatdan birinchi bor asoslab berar ekan, bu jarayonda oilaning, ota-onaning rolini
asosli ravishda ko’rsatib bera oldi.
XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida G’arbiy Evropada absolyutizm va
feodal tartiblar tanqid qilinib, ilm-fan va maorif keng targ’ib qilindi. Ijtimoiy fikr
borasidagi
bu yo’nalish “ma’rifat” deb atalib, uning vakillari tarixga
“ma’rifatparvarlar” nomi bilan kirdilar. Ma’rifatparvarlar eski tartiblarni bekor
qilishga, yangi ilg’or tartiblarni joriy qilishga qaratilgan g’oyalarni ilgari surdilar.
Ana shunday ma’rifatparvarlardan biri ingliz faylasufi
Dostları ilə paylaş: