Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Evropa Uyg’onish davri mutafakkirlari asarlarida oila tarbiyasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Evropa Uyg’onish davri mutafakkirlari asarlarida oila tarbiyasi 
masalalarining yoritilishi.
XV-XVII asrlarda G’arbiy Evropada ilm-fan, 
madaniyat, shu jumladan, san’at va adabiyotda Uyg’onish (Renessans) davri 
kuzatildi. Evropada Uyg’onish davri o’z-o’zidan sodir bo’lmay, bevosita Markaziy
Osiyoda ro’y bergan Uyg’onish davri asosida yuz berdi. Evropa Uyg’onish davri 
ham o’zida muayyan belgilarni namoyon qildi. Ular quyidagilardan iboratdir: 
- jaholat va mutaassiblikni rad etish; 
- insonni ulug’lash; uning iste’dodi, aqliy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; 
- antik davr (qadimgi Yunon va Rim) madaniyatini tiklash va boyitish; 
- adabiyot va san’atda boqiy dunyoni emas, hayot go’zalliklarini kuylash; 
- inson erki uchun kurash. 
Tarixdan ma’lumki, XV-XVII asrlarda ilm-fan sohasida qo’lga kiritilgan 
yutuqlar, Buyuk geografik kashfiyotlar insoniyatning olam, unda kechadigan 
harakat qonuniyatlari to’g’risidagi tasavvurlarini o’zgartirib yubordi. Shuningdek, 
madaniy aloqalarning kengayishi uchun imkoniyat yaratdi.
Evropa Uyg’onishi davrida ilm-fan va madaniyat sohalarida insoniyat tarixiy 
taraqqiyotiga bebaho hissa bo’lib qo’shilgan ilmiy bilimlar hamda adabiyot, san’at 
sohalarida durdona asarlar yaratildi. Buning natijasida qadimgi Yunon va Rim 
madaniyatining qayta tiklanishiga muvaffaq bo’lindi.
Uilyam Shekspir 
(1564-1616 yy.) Uyg’onish davrining iste’dodda tengsiz 
vakillaridan biri, aktyor va dramaturg edi. Allomaning asarlari oilada bolalarning 
tarbiyasini tashkil etishga mas’uliyatli yondashish zarurligini ifodalashga xizmat 
qiladi. U.Shekspir asarlari yoshlarda qat’iyatlilik, irodalilik, to’g’riso’zlik, jasurlik, 
shuningdek, xiyonat, sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan nafratlanish, tubanlikka 
qarshi kurashish kabi sifatlarni samarali tarbiyalashga imkon yaratadi. Adib 
yoshlarni hayotda baxtli bo’lishga erishish uchun kurashishga, insonni sevishga, 
qiyinchiliklardan qo’rqmay ularni mardona engishga da’vat etadi.
Dramaturg asarlarining deyarli barchasida oila va oilaviy munosabatlarning muayyan 
qirralari yoritilgan. M: “Otello” tragediyasida Otello siymosida ayrim salbiy omillar 
24
Ўша манба. – 70-бет. 
25
Ўша манба. – 72-бет. 


29 
(tuhmat)ning ta’sirida oilaning buzilishi ifodalangan bo’lsa, “Qirol Lir” asarida esa 
qirol Lirning farzandlari tarbiyasida yo’l qo’ygan xatolarining ayanchli oqibatlari 
yoritilgan. Qirol Lir farzandlari tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratmaganligi sababli 
darbadar hayot kechirishga, gadolikka mahkum etiladi. Oilalar o’rtasidagi o’zaro 
dushmanlik, nafrat, hasad tufayli esa Romeo va Julettalar halok bo’ladi.
Ayni o’rinda shuni aytib o’tish joizki, adib qahramonlarini hech qanday omil 
“erkinlik” deb ataluvchi yuksak, ezgu, yorug’ tuyg’udan voz kechishga majbur qila 
olmaydi. Adib o’z asarlarida oila muhitida bola har tomonlama shakllanishi uchun 
uning erkin bo’lishi muhimligi ko’rsatilgan. Qolaversa, shaxsning kamolotga 
erishishida oilada tashkil etiladigan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning alohida o’rin 
tutishi badiiy obrazlar orqali ta’sirchan yoritilgan.
Evropa Uyg’onish davrining yana bir mutafakkiri 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin