Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Konstantin Dmitriy Ushinskiy 
(1824-1870 yy.) 
munosib o’rin tutadi. Pedagogik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan qo’shib olib 
borgan K.D.Ushinskiy “Bolalar dunyosi” (“Detskiy mir”), “Muallimlar uchun 
qo’llanma” (“Posobie dlya uchiteley”), “Shaxs – tarbiya predmeti sifatida” 
(“Pedagogik antropologiyadan tajriba”) kabi asarlarida oila va uning bola 
tarbiyasidagi o’rni masalasi batafsil yoritilgan.
K.Ushinskiy maktabgacha ta’lim va tarbiyaning tabiiy vositasi – oila deb 
hisobladi. Binobarin, oilada bolalar borliq haqidagi dastlabki tushunchalarga ega 
bo’ladi, eng oddiy bilim va ko’nikmalarni egallaydi, odatlarni o’zlashtiradi, o’z 
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bola shaxsining rivojlanishida ota-ona va 
tarbiyachilar asosiy rolni o’ynaydi, ularning hayoti, faoliyati, xulq-atvori, 
muomalasi bolalar uchun namuna bo’lib xizmat qiladi. Mas’uliyatli fuqarolik 
burchlarini bajarish uchun ota-onalar bolalarga nisbatan g’amxo’rliklarini ijtimoiy 
ahamiyatli talablar bilan uyg’unlashtira olishga erishishlari lozim. Buning uchun 
ota-onalar pedagogik bilimlarga ega bo’lishlari, pedagogik adabiyotlar bilan 
tanishib borishlari, tarbiyaviy ish uslubini, tarbiyachilarni to’g’ri tanlay bilishlari, 
farzandlarining kelgusi hayot yo’lini aniqlashga ongli yondasha olishlari lozim.
Rus yozuvchisi
Natalya Grigorvna Dolinina 
(1928-1979 yy.) ham o’z 
ocherklarida oila sharoitida bolalarni axloqiy tarbiyalash masalalarini keng yoritdi. 
Adibaning pedagogik g’oyalarni o’zida aks ettirgan asarlari sirasida quyidagilarni 
sanab o’tish mumkin: “Mening o’quvchilarim va ularning ota-onalari” (“Moi 
ucheniki i ix roditeli”; 1959 y.), “Non qancha turadi?” (“Skolko stoit xleb?”; 1963 
y.), “Kattalar yoki bolalar?” (“Vzroslo’e ili deti?”; 1965 y.), “Qadrli ota-onalar” 


36 
(“Dorogie roditeli”; 1975 y.), “Oneginni birgalikda o’qiymiz” (“Prochitaem 
“Onegina” vmeste”; 1968 y.), “Pechorin va bizning davr” (“Pechorin i nashe 
vremya”; 1970 y.) kabi ocherklar, “Biz Seryoja bilan egizakmiz” (“Mo’ s Serejkoy 
bliznetso’”; 1962 y.), “Turli odamlar” (“Razno’e lyudi”; 1976 y.) kabi qissalar; 
“Ota” (“Otets”; 1974 y.) nomli avtobiografik qissa.
Xulosa qilib aytganda, oila tarbiyasi va uni samarali tashkil etish masalasi 
xorijiy mamlakatlarida barcha davrlar uchun muhim ijtimoiy muammolardan biri 
sifatida e’tirof etib kelingan. Har bir davr va makonda ham jamiyatning ilg’or 
kishilari – mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar va pedagoglar bolalarni oila sharoitida 
tarbiyalash, bu borada yuqori samaraga erishish masalalarini tadqiq etishga jiddiy 
e’tibor qaratganlar. Ular tomonidan yaratilgan aksariyat asarlarda oila tarbiyasining 
samarali tashkil etilishi ijtimoiy taraqqiyotni kafolatlashi, shu sababli bolalar 
tarbiyasini tashkil etishda ota-onalarning mas’ul ekanliklari bayon etilgan. Ota-
onalar tomonidan bolalarning etuk shaxs sifatida tarbiyalashga erishilishida 
ularning pedagog bilimlarga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, 
ular pedagogik bilimlarni o’zlashtirish orqali bolalarni oila muhitida etuk shaxs 
qilib tarbiyalashga imkon beradigan samarali metod va vositalardan xabardor 
bo’ladilar.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin