37
1. Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga yondashuvlari asosida
jadval shakllantiring. Unda Qadimgi yunon va Rim mutafakkirlarining oila tarbiyasiga
yondashuvlarini ifodalovchi eng muhim g’oyalar tezis sifatida aks etsin.
2. Ulug’ dramaturg Uilyam
Shekspirning “Qirol Lir” hamda Onore de
Balzakning “Gorio ota” nomli asarlari bilan tanishib, garchi o’zi mamlakat qiroli
bo’lsa-da, farzandlarining kirdikorlaridan aziyat chekkan qirol Lir va qizlariga
haddan ziyod mehr ko’rsatsa-da, umrining so’nggi kunlarini ularning diydoriga zor
holda muhtojlikda o’tkazgan Gorio otaning qismatini solishtiring. Qirol Lir va
Gorio otalarning fojiasi nimada ekanligi haqida o’ylab ko’ring.
3. Buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy o’zining “Buyuk didaktika” asari yoshlarni
tarbiyalovchi kishilarning ustoz, tarbiyachi, muallim, professor deb atalishi, bolalar
to’planib birgalikda mashg’ulot o’tkazadigan joyning esa maktab, o’quv yurti,
auditoriya, kollegiya, gimnaziya, akademiya va h.k. deb atalishini ta’kidlab o’tgan
edi. Ya.A.Komenskiy yashagan davr (XVII asr) nuqtai nazaridan bolalarning
oiladan ko’ra ta’lim muassasalarida tarbiyalanishi tobora keng yoyilishining asosiy
sabablarini yoritishga harakat qiling. Siz qanday fikrdasiz, ushbu hodisa ota-onalar
zimmasidan farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatning soqit etilishi uchun asos
bo’ldimi? Farzand tarbiyasining asta-sekin to’la ravishda ta’lim muassasalari
zimmasiga
yuklanishi
G’arb
mamlakatlarida
kuzatilayotgan
oilaning
qadrsizlanishi, ajralishlar sonining keskin oshishi, g’ayriaxloqiy hodisa – bir jinsli
nikohning paydo bo’lishiga olib kelmadimi. Bu haqda qaday fikrdasiz?
Dostları ilə paylaş: