Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Iogann Genrix Pestalotstsi
(1746-1827 
yy.)ning nomi alohida qayd etiladi. Zero, shveytsariyalik bu pedagog-demokrat 
o’zining butun hayotini xalq bolalarini tarbiyalash va o’qitish ishiga bag’ishlagan. 
Uning “Lingard va Gertruda” (1781-1787 yy.), “Gertruda o’z bolalarini qanday 
qilib o’qitadi”, “Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z bolalariga kuzatish va 
gapirishni qanday o’rgatish haqida qo’llanma” kabi asarlarida oilaning bola 
tarbiyasidagi o’rni, onaning bu boradagi namunasi bayon etilgan.
Iogann Genrix Pestalotstsining fikricha, tarbiyaning maqsadi odamning barcha 
tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirish, o’stirganda ham bir-biriga uyg’un 
ravishda o’stirishdir. Tarbiyaviy omilning bolaga ko’rsatayotgan ta’siri uning 
tabiatiga uyg’un bo’lishi lozim.
Pedagog tarbiyaning mohiyati to’g’risidagi o’z tasavvurlariga asoslangan holda 
tarbiyaning yangi, ya’ni, shaxsning tabiatiga muvofiq holda uning kuchi, 
imkoniyatlarini rivojlantirib borishga yordam beruvchi metodlarni yaratishga 
intiladi. Iogann Genrix Pestalotstsi ham boshqa pedagoglar kabi bolani 
tarbiyalashni uning tug’ilgan kunidanoq boshlash lozimligini uqtirib o’tadi: “Bola 
tug’ilgan soat unga ta’lim berishning birinchi soatidir”. Shu sababli pedagog 
chinakam pedagogika onani to’g’ri tarbiyalash metodlari bilan qurollantirishi 
lozim, deb hisoblaydi. Pedagogika san’ati esa tarbiya metodikasini har bir ona, shu 
jumladan, oddiy dehqon ayoli ham egallab oladigan darajada soddalashtirib bera 
olishi lozim. Tabiatga muvofiq tarbiya oilada boshlanib, maktabda davom 
ettirilishi kerak. 
Iogann Genrix Pestalotstsi tarbiyaning asosiy vazifasini kelgusida ijtimoiy 
jihatdan foyda keltira oladigan hamda har jihatdan uyg’un kamol topgan insonni 
tarbiyalab voyaga etkazishdir, deb hisobladi. Bolalar boshqalarga foyda 
keltiradigan ishlarga jalb etilib, bu borada izchil mashq qildirish yo’li bilan axloqiy 
jihatdan kamolotga etkaziladi. Pedagogning fikricha, organizmning tabiiy 
ehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tug’iladigan mehr-muhabbat 
axloqiy tarbiyaning eng oddiy ko’rinishi (elementi)dir. Bolaning axloqiy etuk 
bo’lishi uchun oila muhitida asos solinadi. Bolaning o’z onasiga bo’lgan 
muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga nisbatan ham namoyon bo’la 
boshlaydi. 
Qisqa qilib aytganda, Iogann Genrix Pestalotstsi oilada shaxsning barcha tabiiy 
kuchi va qobiliyatlarini uyg’un qilib o’stirishni tarbiyaning asosiy vazifasi deb 
hisoblaydi. Pedagogning bolani jismoniy, axloqiy va aqliy jihatdan etuk qilib 
tarbiyalashga oid fikrlari bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir.


34 
Polyak pedagogi, bolalar yozuvchisi

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin