Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


frantsuz mutafakkiri,  gumanist va demokrat Jon-Jak Russo



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
frantsuz mutafakkiri, 
gumanist va demokrat
Jon-Jak Russo
(1712-1778 yy.) ham o’ziga xos o’rin 
egallagan. Uning erkin tarbiya borasidagi g’oyalari 1762 yilda nashr etilgan “Emil 
yoki tarbiya haqida” asarida o’z aksini topgan. U ham boshqa ma’rifatparvarlar 
singari oilada bolani tarbiyalashda yosh va individual xususiyatlarni hisobga 
olishni, bolani har tomonlama chuqur o’rganishni talab qildi.
Jonn Jak Russoning fikricha, bola tabiati etuklikni aks ettira olishi, uning o’zida 
tabiiylikni namoyon eta olishi uchun g’amxo’rlik qilish zarur. Ota-ona yoki 
tarbiyachi o’z qarashlari, e’tiqodlari yoki tayyor axloqiy qoidalarni bolaning 
ongiga singdirishi kerak emas, balki unda tabiat tomonidan inom etilgan 
xususiyatlarning tobora rivojlanib, boyib borishi uchun imkoniyat yaratib berishi 
lozim. Tabiiy tarbiya – erkin tarbiyadir. 
Ko’pchilik ma’rifatparvarlar singari Jonn Jak Russo ham shaxsning rivojlanishida 
muhim ahamiyat kasb etuvchi quyidagi to’rt davrni ajratib ko’rsatadi: 
1-bosqich – tug’ilgandan ikki yoshgacha, to nutq hosil bo’lgungacha bo’lgan 
davr. Bu davrda bolaning jismoniy tarbiyasiga e’tibor qaratish lozim. 
2-bosqich – ikki yoshdan o’n ikki yoshgacha bo’lgan davr. Jonn Jak Russo bu 
davrni obrazli tarzda “bolaning aqlga ega bo’lish davri” deb ataydi.
3-bosqich – o’n ikki yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan davr. Bu yoshda asosiy 
e’tiborni bolalarning aqliy jihatdan rivojlanishiga va ular tomonidan mehnat 
ko’nikmalarining o’zlashtirilishiga qaratish zarur. 
4-bosqich – 14 yoshdan balog’atga etgungacha bo’lgan davr. Jonn Jak 
Russoning iborasi bilan aytganda, bu bosqich “shiddat va tug’yon davri” sanaladi.
Jonn Jak Russo o’zining “Emil yoki tarbiya haqida” asarida qizlar tarbiyasiga 
ham alohida to’xtalib o’tadi. Jonn Jak Russoning fikricha, ona bo’lish uchun qizlar 
ro’zg’orni yurita olishlari, oilada saranjom-sarishtalikka erishishlari, kiyinish, 
yurish-turish va muomalada turmush o’rtog’iga yoqa olishlari kerak. Qizlarning 
tarbiyasida o’g’il bolalarning tarbiyasida qo’llaniladigan farq usullardan 
foydalanishga e’tibor qaratish lozim. Oila muhitida qizlarni tarbiyalashda ularda 


33 
itoatkorlikni, garchi ularga yoqmasa-da, biroq, shaxsiy faoliyatni tashkil etishda 
boshqalarning nuqtai nazarlarini inobatga olish ko’nikmasini tarbiyalash kerak.
Ma’rifatparvarning fikricha, ayol go’zal, latofatli bo’lishi, sog’lom, ruhan tetik, 
jismonan baquvvat bolalarni dunyoga keltira olishi uchun jismoniy mashqlarni 
bajarishi, jismoniy mehnat bilan shug’ullanishi zarur. Qizlarning voyaga 
etishlarida jiddiy aqliy mashg’ulotlar ular uchun ahamiyat kasb etmaydi. Jonn Jak 
Russoning qizlar tarbiyasiga oid qarashlarida ayollarning mustaqilligi, erkinligiga 
nisbatan konservativ yondashuvi inobatga olinmasa, boshqa barcha fikrlari amaliy 
xarakterga ega. 
Evropa ma’rifatparvarlari orasida

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin