Tomas Mor (1478-1555
yy.)dir. Adib o’zining “Utopiya” asarida shaxsiy manfaat jamiyat rivoji uchun
zararli, aksincha, barcha fuqarolarning ijtimoiy-foydali mehnatda birdek faol
ishtirok etishlari ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili ekanligini ta’kidlash orqali
ikkita muhim tamoyilni ilgari surgan. Muallif tasavvurlarining mahsuli bo’lgan
Utopiya davlati (ilmiy asosga ega bo’lmagan ideal jamiyat)da barcha fuqarolar
mehnat qilishga majburdirlar. Bundan tashqari bu kabi jamiyatda ayol va erkak,
shuningdek, bolalarning huquqiy jihatdan tengligi e’tirof etiladi, unga ko’ra hatto
bolalar ham o’qish bilan mehnatni birga olib borishlari zarur. Tomas Mor o’z asarida
bolalarni oilada tarbiyalashda mehnat vositasida, jamoa yordamida va jamoada
tarbiyalashning ahamiyatini ko’rsatishga uringan.
Adibning bolalarni ona tilini sevishga o’rgatishni oiladan boshlash muhimligi
haqidagi g’oyasi bugungi kun uchun ahamiyatlidir. Shu bilan birga Tomas Mor
bolaning sog’lom o’sishi uchun oilada jismoniy tarbiyani yo’lga qo’yish, har
qanday yo’nalishdagi tarbiya jarayonida ota-onalarning shaxsiy namuna
ko’rsatishlari, farzandlarga hunar sirlarini o’rgatishda ko’rgazmalilikka e’tibor
qaratishlari borasidagi fikrlari g’oyat ahamiyatlidir.
Evropa Uyg’onish davrining etakchi siymolaridan yana biri –
Tomazo Kampanella bo’lib,
uning pedagogik g’oyalari “Quyosh shahri” asarida o’z ifodasini topgan.
“Quyosh shahri” ham xuddi Tomas Morning “Utopiya” asari kabi ijtimoiy birlik,
mehnatning
umumiy
va
majburiylik
xarakteriga
egaligi
tamoyillariga
asoslanuvchi, fuqarolari ilm-fan va san’at bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega
bo’lgan davlat. Tomazo Kampanella Tomas Morga nisbatan bir qadar rivojlangan
jamiyatda bolalarni tarbiyalash tizimi xususida so’z yuritadi. Mutafakkirning qayd
etishicha, davlat hatto bo’lg’usi avlodning sog’lom bo’lishi uchun erkak va
ayolning turmush qurishi haqida qayg’urishi, bu jarayonni nazorat qilishi zarur.
Tomazo Kampanellining fikricha, bolani ikki yoshidan boshlab ijtimoiy
munosbatlarga tayyorlashni boshlash, uch yoshida ko’rgazmali vositalardan
samarali foydalangan holda to’g’ri talaffuz qilishga, alifboni o’rganishga jalb etish
maqsadga muvofiqdir. Shu davrlarda bolalarning jismoniy tarbiyasini kuchaytirish,
sakkiz yoshidan boshlab esa ularni tizimli ravishda o’qitishni boshlash kerak.
O’g’il bolalar o’n to’qqiz yoshga to’lgach, harbiy tayyorgarlik ko’nikmalarini
o’zlashtira olishi zarur. Mutafakkir o’z asarlarida hatto ayollarga ham harbiy ta’lim
berishni ijtimoiy zaruriyat deb hisoblaydi. Buning sababi urushlar sharoitida
30
ularning ham ishtiroki mumkinligidir. Qisqa qilib aytganda, T.Kampanellining
g’oyalari oila tarbiyasi bilan ijtimoiy tarbiyani o’zaro uyg’un holda olib borishni
targ’ib etadi.