26
Aristotel tarbiya maqsadini inson ruhiyatining rivojlanishi bilan bog’liq holda
belgilaydi. Allomaning yondashuviga ko’ra, aql va irodaning rivojlanishi shaxs
rivojining yuqori darajasidir. Shu sababli Aristotel bolalarni tarbiyalashda tabiiylik,
tabiat bilan o’zaro uyg’unlik, jismoniy kamolot, axloqiy etuklik va aqliy
salohiyatni, qolaversa, ularning yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligini
uqtiradi.
Xalqning hafta davomiyligini etti kunga bo’lishiga tayangan holda oila tarbiyasi
davrini yigirma bir yil deb belgilaydi. Bu davrni quyidagi uch bosqichga ajratadi:
1-bosqich – tug’ilgandan boshlab etti yoshgacha;
2-bosqich – etti yoshdan o’n to’rt yoshgacha;
3-bosqich – o’n to’rt yoshdan yigirma bir yoshgacha.
E’tiborli jihati shundaki, alloma oila tarbiyasini tashkil etishda har bir yosh
bosqichi negizida tarbiya maqsadini aniq belgilashni, mazmunini shakllantirishni
hamda metodlarni tanlash oqiolna yondashuv ekanligini qayd etadi.
Aristotel birinchi bosqichda bolalarning tarbiyasida oila muhim o’rin
egallashiga alohida e’tibor qaratadi. Shaxs hayoti davomida nimalarni o’rganishi
zarur bo’lsa, go’dakligidan boshlab o’shalarni o’rgatish kerakligi to’g’risidagi
g’oya allomaning oila tarbiyasiga doir qarashlari asosini belgilab beradi.
Allomaning fikricha, bolalarning axloqiy tarbiyasi axloqiy mazmundagi xatti-
harakatlarni mashq qilish (harakatlarni tez-tez ixtiyoriy takrorlash)ga asoslanadi.
Bolalarning axloqiy tarbiyasida asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida
ekanligini ta’kidlar ekan, Aristotel ularning o’zlari ham axloq borasida
farzandlarga o’rnak, ibrat bo’lishga chaqiradi.
Dostları ilə paylaş: