23
7. Oila pedagogikasi fan sifatida qanday rivojlanib kelmoqda?
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent:
“Ma’naviyat”, 2008. – 52-58-betlar.
2. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. –
Toshkent: “O’qituvchi”, 1999. – 42-50-betlarG’
3. Oila pedagogikasi G’ O.Hasanboeva va b. – Toshkent: “Aloqashi”, 2007. – 5-16-
betlar.
4. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 14-39-betlar.
Amaliy topshiriqlar:
1.
“Klaster” metodi yordamida oilaning umumiy mohitini yoriting!
2.
“Oila pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligini sxema yoki
jadval asosida ifodalang!
3.
Oila tarbiyasi muammolarini tadqiq etishda
keng foydalaniladigan ilmiy-
pedagogik metodlar mohiyatini blits-so’rov metodi
yordamida yoritishga urinib
ko’ring!
Amaliy topshiriqlarni bajarish
yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar:
1. Odatda “Klaster” metodi qo’llanilganda akademik guruh talabalarining ikki,
uch yoki to’rt guruhga ajratish samarali sanaladi.
Talabalarning bu tarzda
guruhlanishi: 1) klasterlarning to’laqonli shakllantirilishini ta’minlaydi; 2) ikki,
uch yoki to’rtta klasterni bir-biri bilan taqqoslash
nisbatan oson kechadi; 3)
klasterlar orasidan mazmunan eng to’liq, mukammal bo’lgan variantni ajratib olish
qiyin kechmaydi.
2. Sxema, jadval yoki tasvirni shakllantirishga oid
topshiriqlarni bajarishda
talabalarning kichik guruhlar yoki juftliklarda ishlashlari maqsadga muvofiq. Zero,
bunday holatda ular o’zaro fikr almashish, o’z fikrini qat’iylashtirish imkoniyatiga
ega bo’ladi.
3. Talabalar blits-so’rov metodi yordamida oila tarbiyasi muammolarini tadqiq
etishda keng foydalaniladigan ilmiy-pedagogik metodlar
mohiyatini yoritishda
ularning har biriga imkon qadar qisqa ta’rif bera olishlari kerak.
M: pedagogik kuzatish –
tadqiqotchi tomonidan
oilada
tashkil etiladigan
pedagogik (tarbiyaviy) jarayon bevosita yoki bilvosita sinchiklab o’rganilishini
ifodalovchi metod.
Mashg’ulotlar jarayonida talabalar quyidagi metodlar
mohiyatini yuqoridagi
kabi qisqa ta’riflar asosida yorita olishlari kerak:
1. Suhbat metodi – ...
2. Anketa metodi – ...
3. Intervyu metodi – ...
4. Test metodi – ...
5. Pedagogik tajriba metodi – ...
6. Ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metod – ...
24
7. Matematik-statistik metod – ...
Dostları ilə paylaş: