Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Jonn
Lokk
(1632-1704 
yy.) sanaladi. Jonn Lokk o’zining pedagogik qarashlarini “Tarbiya haqida ayrim 
fikrlar” (1963 y.) asarida bayon etgan. 
Jonn Lokk o’z pedagogik qarashlarida bolalarni ham oilada, ham maktabda 
tarbiyalash zarurligiga e’tibor qaratadi. Uning fikricha, bolada axloqiy sifatlarni 
oila muhitida hosil qilish samarali bo’lsa, maktab bilim, ko’nikma va malakalarni 
hosil qiladi.
27
Коменский Я.А. Буюк дидактика. Изб.пед.соч. В.2 том. 1982. Т 1. – с 384. 


32 
Ma’rifatparvar oilada bolalarni tarbiyasini yo’lga qo’yishda jismoniy tarbiyaga 
katta ahamiyat berdi. “Salomatlik bizga kasbiy faoliyatimiz muvaffaqqiyati uchun 
zarur”, – deb ta’kidlash bilan birga o’sha davr uchun o’ta mukammal bo’lgan 
tizimni taklif etdi. U bolalarni yoshlikdanoq charchoq, qiyinchilik, g’am-g’ussani 
oson engib o’tishga tayyorlab borishni muhim deb hisobladi. Jonn Lokk bola 
hayotida qat’iy belgilangan tartibning ahamiyatini yuqori baholaydi. Shu bilan 
birga pedagog ota-onalarga turli yoshdagi bolalarni kiyintirish, ovqatlantirish 
yuzasidan maslahatlar beradi. Pedagog bolani erkalatib o’stirishni zararli deb 
hisoblaydi va bunday yondashuvga qarshi turdi.
Uning fikricha, bolalarni oila muhitida tarbiyalashda eng muhim shart ularda 
ijobiy odatlarni tarkib toptirishdir: “Agar siz ularni nimagadir o’rgatish muhim, 
deb hisoblasangiz, buni amaliyot vositasida hodisalarni hosil qilish yo’li bilan 
tarkib toptiring! Odatlarni tarbiyalash ilk bolalikdanoq boshlanishi zarur”.
Bundan tashqari, Jonn Lokk tarbiyada ijobiy natijalarga erishish uchun ota-
onalar bolaning individual xususiyatlarini o’rganishlari, ularning qiziqishlaridan etarli darajada 
xabardor bo’lishlari kerakligini alohida ta’kidlaydi.
Evropada ma’rifat g’oyalarining targ’ib etilishida

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin