27
yoshligidanoq ijtimoiy nuqtai nazardan tarbiyalash zarurligini yoritishga xizmat
qiladi.
Demokrit
(mil.av. 460-370 yy.) –
qadimgi yunon faylasufi, atom
nazariyasining asoschisi. U o’z asarlarida oilada bola tarbiyasiga boshqa yunon
mutafakkirlari singari katta ahamiyat qaratadi.
Alloma “tabiat bilan tarbiya bir-biriga o’xshaydi” g’oyasini ilgari surish orqali
tarbiyani tabiatga muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo’lib kun tartibiga olib
chiqadi. “Ta’lim mehnat asosidagina go’zal narsalarni hosil qiladi” mazmunidagi
qarashlar esa Demokritning tarbiyada mehnatning roli katta ekanligiga e’tibor
qaratganligini tasdiqlaydi. Shu nuqtai nazardan oila
tarbiyasida ham mehnatning
tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish foydadan holi emasligini uqtiradi. Alloma
shaxsdan doimo mehnat bilan band bo’lishni talab qildi. Zero, faylasufning
uqtirishicha, shaxs mehnat qilishga odatlanib borgan sari o’zida o’zgacha zavqni
tuyadi. Bu borada ota-onalarning farzandlariga o’rnak bo’lishlari shart.
Demokrit bolalarni ularning yoshligidanoq gigienik maqsadlarga erishish uchun
ayrim mashqlarni bajarishga o’rgatish,
ularning nozik, zaif tanalarini chiniqtirish
zarurligini aytadi. Uning fikricha, bolalarga qattiq yig’lash va qichqirishlariga
halaqit qilmaslik lozim. Zero, bu holatlar ular uchun o’ziga
xos gimnastika
hisoblanadi. Bir qadar katta yoshdagilar uchun esa bolalar o’yinlari nihoyatda
muhim ahamiyatga ega
21
.
Ulug’ mutafakkir “insondan inson, hayvondan hayvon tug’iladi, shunga ko’ra
yaxshi ota-onadan faqat yaxshi farzandlar tug’ilishi lozim. Tabiat ana shunga
harakat qiladi, biroq, bunga hamisha ham erishilavermaydi”
22
, – deb ta’kidlaydi.
Ota-onalarga bolalarda yaxshi xulq-atvorni hosil
qilishda mashq metodidan
ko’proq foydalanishni uqtiradi.
Dostları ilə paylaş: