46
holat paydo bo’ladi, asta-sekin borliqni anglay boshlaydi. Borliqning bu tarzda
dastlabki anglanishi o’rganishning ilk bosqichidir. Bu bosqichda o’rganish asosida
bola shaxsi shakllanib boradi. Alloma o’rganishning sezgiga asoslanini ilmiy
jihatdan asoslab beradi. Qolaversa, Abu Ali Ibn Sinoning yosh bolaning sezgirlik
quvvati katta yoshli kishining sezgirligiga teng degan fikrni ilgari surgan.
Alloma bolani sekin-sekin tebratish va unga ohang yordamida alla aytish bola
mijozining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etishini ko’rsatadi:
“Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak. Biri
bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo’lgan musiqa va
allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab, bolaning tanasi bilan
badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo’lgan iste’dodi hosil bo’ladi”
43
.
Ibn Sinoning yondashuviga ko’ra, bola tarbiyasida oila boshlig’i sifatida ota
alohida rol o’ynaydi: “Agar oilada oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u
oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib
chiqishi mumkin”. Bola tarbiyasi samarali yo’lga qo’yilgan oilalargina baxtli
bo’ladi. Zero, oilaning eng muhim vazifasi bolani har jihatdan to’g’ri kamolotga
etkazishdir. Ota-ona kim bo’lishidan qat’iy nazar ushbu ma’suliyatli vazifani to’la-
to’kis ado etishi lozim.
“Tadbiri al-manozil” asarida farzandlarning to’g’ri kamolot topishi, kelajak
taqdirining belgilanishida ular uchun ibrat bo’ladigan ota-onalar qiyofasida aks
etishi zarur bo’lgan ijobiy fazilatlar sanab o’tiladi.
Ibn Sinoning alohida qayd etishicha, mehnat oilada bolani ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda eng muhim vosita sanaladi. Bolalarda mehnatsevarlikni xislatini
tarbiyalashda
ota-onalarning
farzandlar
tomonidan
muayyan
kasb-hunar
asoslarining o’rganilishiga e’tibor qaratishlari muhimdir. Alloma mehnat insonni
ulug’lasa, mehnat qilish ko’nikmalarini yoshlikdan o’zlashtirmaslik bolada salbiy
odatlarning rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Mutafakkir er-xotinning bir-birlariga bo’lgan munosabatlari, bir-birlarini hurmat
qilishlari bola axloqining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblaydi.
Buning uchun ota-onaning har biri oilada ma’lum vazifalarni bajarishi zarur. Xususan,
erkak kishi, asosan, oilaning ta’minotini yaratishi, ayol kishi esa oila boshlig’i topib
kelgan mablag’, moddiy ne’matlarni tejab-tergashi, uy-joylarni saranjom-
sarishtaligini ta’minlashi, farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullanishi zarur.
Ibn Sino bola tarbiyasiga oid o’z fikr va mulohazalarni bildirar ekan, bola
tarbiyasini unga ism qo’yishdan boshlashni lozim topadi hamda bolalarga yaxshi ism
tanlashni ota-onaning dastlabki olijanob vazifalaridan hisoblaydi.
XI asrda yashagan mutafakkirlardan biri
Dostları ilə paylaş: