O’zbekiston Respublikasida nikohni qayd qilish tartibi
Bosqichlar
Faoliyat mazmuni
1-
bosqich
Nikohga kirishuvchilar nikohdan o’tishdan avval FHDYo (fuqarolik holati
dalolatnomalarini qayd etish (yozish) organi)ga ariza bilan murojaat qiladilar
2-
bosqich
FHDYo organlari xodimlaridan nikohdan o’tish shartlari va tartibi, er-xotin hamda
ota-onalarning huquq va burchlari bilan tanishadilar
3-
bosqich
Nikohni qayd qilish kuni belgilanadi
4-
bosqich
Oradan kamida bir oy o’tgach nikoh qayd qilinadi
Ariza bilan birga FHDYoga nikohga kirishuvchilar tomonidan quyidagi
hujjatlar ham topshirilishi zarur:
a) nikohga kirishayotgan shaxslarning turar-joyi – mahalla
Fuqarolar yig’ini (MFY) tomonidan ma’lumotnoma;
b) nikohga kirishuvchilarning o’qish yoki ish joyidan ma’lumotnoma;
v) nikohga kirishayotgan shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tganligi
to’g’risidagi ma’lumotnomalar (ushbu ma’lumotnoma quyidagi
organlar tomonidan berilgan bo’lishi shart:
1) ruhiy kasalliklar dispanseri;
2) teri-tanosil kasalliklari dispanseri;
3) narkologiya dispanserlari;
4) OITS kasalliklarini davolovchi muassasalar;
5) sog’liqni saqlash tizimidagi boshqa muassasalar)
Ayni o’rinda shuni ham aytib o’tish zarur, nikohga kirishuvchilarning tibbiy
ko’rikdan o’tkazilishi qonunchilik asoslariga ko’ra majburiy xarakterga ega.
Bundan ko’zlangan maqsad nikohga kirishayotgan shaxslarni teri-tanosil va OITS
kasalliklarining yuqtirib olish, ruhiy kasalliklar yoki giyohvandlik tufayli ma’naviy
ziyon etkazilishidan muhofazalash, bola tug’ilishiga yo’l qo’ymaslikdir.
Agar nikohga kirishayotgan shaxslardan biri FHDYo organiga tibbiy ko’rikdan
o’tganlik to’g’risidagi soxta ma’lumotlarni taqdim etgan va unda yuqorida qayd
etilgan kasalliklardan biri mavjud bo’lsa, u holda ikkinchi tomon nikohni haqiqiy
emas deb topilishini talab qilish huquqiga ega.
Muayyan holda shaxslar nikohdan o’tish huquqiga ega bo’lmaydilar. Ular
quyidagi holatlardir:
-
nikohdan o’tayotgan shaxslarning bittasi ayni vaqtda nikohda bo’lsa (qonuniy
nikohga ega bo’lmay, birga yashash nikohdan o’tishga amalda to’siq bo’la
56
olmaydi; biroq, ikki yoki undan ortiq nikohga ega bo’lish jinoyat sanaladi va
ularga ega bo’lgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi; yangidan nikohga
kirishayotgan shaxs avvalgi
-
nikohining bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni FHDYo organlariga
taqdim etishlari zarur; nikohga kirishayotgan shaxslardan biri chet el fuqarosi bo’lsa, u
holda ushbu shaxs o’z mamlakatining tegishli organlari tomonidan berilgan va
uning nikohga ega emasligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim);
-
nikohga kirishayotgan shaxslar (bir ota-onadan tarqalgan qarindosh-urug’lar,
tug’ishgan aka-ukalar bilan opa-singillar, otasi yoki onasi boshqa bo’lgan aka-
ukalar bilan opa-singillar, shuningdek, bolalikka olinganlar bilan bolalikka
olganlar) o’rtasida yaqin qarindosh-urug’chilik mavjud bo’lsa;
-
nikohlanayotganlardan loaqal biri ruhiy kasallik yoki aqli zaifligi sababli sud
tomonidan muomala layoqatiga ega emas deb topilsa (chunki ular o’z xatti-
harakatlarining mohiyatini anglay olmaganliklari sababli ularni boshqara olmaydi);
-
nikohga kirishayotgan shaxs qattiq mast holatda bo’lganida, giyohvandlik yoki boshqa
ruhiyatga ziyon etkazuvchi salbiy holatlar ta’sirida bo’lganida.
D.Ro’zieva, M.Usmonboevalar
48
ning qayd etishlaricha, oilaning ijtimoiy
maqomini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi asosiy to’rt jihatni
ko’rsatish mumkin:
Oilaning ijtimoiy maqomini belgilovchi holatlar
№
Muhim holatlar
Ularning mohiyati
1.
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy
darajasi
Oilaning moddiy holatini belgilab, bu oila daromadlari,
turmush darajasi, moddiy jihatdan to’kinligini ifodalaydi
(oilaning daromadi yuqori, o’rtacha va past bo’lishi mumkin)
2.
Oiladagi ijtimoiy-ruhiy
holat
Oilada
sog’lom yoki nosog’lom psixologik muhit
mavjudligini anglatadi; oiladagi sog’lom psixologik muhit
oila a’zolarining bir-birlari bilan yaqinliklari, o’zaro hamkor,
hamfikr va teng huquqli ekanliklarini anglatsa, nosog’lom
psixologik muhit esa, aksincha, oilada janjal-nizolarning
ko’pligi, oila a’zolarining bir-birlariga nisbatan mehrli,
oqibatli emasliklarini ko’rsatadi
3.
Oilaning ijtimoiy-madaniy
darajasi
Oila a’zolarining axloqi, atrofdagilar bilan munosabati,
ma’lumotlilik darajasi, kasb yoki hunar egasi ekanliklari,
oilaning muayyan an’anaga egaligi, oila a’zolarining
qiziqishlari, ma’naviy ehtiyojlari, maishiy hayotni birgalikda
tashkil etishlarini ifodalaydi
4.
Oilaning vazifaviy holati
(vaziyatli-rolli maqomi)
Oilada ota-onalar, farzandlarning o’zlariga yarasha vazifalari
mavjudligini, ularning mehnat taqsimotidagi ishtiroklari, oila
xo’jaligini tashkil etishdagi ishtiroklarini belgilaydi
Bizning fikrimizcha, yuqorida ko’rsatilgan mualliflarning fikrlariga qo’shilgan
holda oilaning ijtimoiy maqomini belgilovchi yana bir jihatni keltirib o’tish
maqsadga muvofiqdir. U quyidagi jihatdir: oilaning tarkibiy tuzilmasi – oila
a’zolarining soni, tarkibiy tuzilmasi (ota-ona, farzandlar, oilaning keksa avlod
vakillari va b.q. a’zolari (amma-xolalar, tog’a-amakilar, jiyanlar va h.k.) uning
48
Рўзиева Д., Усмонбоева М. Ижтимоий педагогика / Ўқув қўлл. – Тошкент: Низомий номли ТДПУ
нашриёти, 2015. – 34-35-бетлар.
57
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy hamda ijtimoiy-madaniy darajasi, shuningdek,
vazifaviy holatiga ham o’z-o’zidan ta’sir o’tkazadi. Tarkibiga ko’ra oilaning mehnatga
layoqatli a’zolarga egaligi uning iqtisodiy farovonligiga o’z ta’sirini o’tkazsa, oiladagi
jamiki a’zolarning ruhan bir-birlarini qo’llab-quvvatlashlari, hayotiy yondashuvlari
hamda mavjud tajribalari yosh avlodning ijtimoiy moslashuv qobiliyatini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayni o’rinda shuni ham qayd etish lozimki, ikki yoki
ko’p bo’g’inli oilalarda bir bo’g’inli oilalarga nisbatan farzandlar tarbiyasini
tashkil etish imkoniyatlari ko’p. Chunki bu kabi oilalarda har bir bolaning
tarbiyasi, jismoniy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy kamoloti uchun bir necha shaxslar
birdek javobgar sanaladi. Qolaversa, oila sharoitida har bir a’zoning xatti-harakati
farzandlar uchun namuna, ibrat bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli ikki yoki ko’p
bo’g’inli oilalarda har bir a’zoning o’z xatti-harakatlari, muomalasi, yurish-
turishini nazorat, tahlil qilib hamda baholab borishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |