Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
 
Nazorat savollari:
1. Tarixiy manba “Avesto”da oila masalalarining qaysi jihatlari yoritilgan? 


49 
2. “Avesto” asarida balog’at yoshi va farzand tarbiyasiga qanday yondashilgan? 
3. Qur’oni karimda ota-onaning farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyati qanday 
baholangan? 
4. Islom ta’limotiga ko’ra farzandning ota-onasi oldidagi burchlari nimalardan 
iborat? 
5. Qur’oni karimda oila mustahkamligini ta’minlovchi omillar sifatida nimalar 
e’tirof etilgan?
6. Hadislarning oila tarbiyasidagi ahamiyati qanday? Fikringizni hadislar 
misolida asoslang. 
7. Ota-ona va farzanlar o’rtasidagi munosabat masalasiga hadislarda qanday 
o’rin ajratilgan? 
8. Sharq mutafakkirlarning asarlarida oila tarbiyasiga oid qanday g’oyalar 
mavjud? 
 
Mavzuga oid adabiyotlar: 
1. Boboev X., Hasanov S. “Avesto” – ma’naviyatimiz sarchashmasi. – 
Toshkent: “Adolat”, 2001. 
2. Maxmudov T. “Avesto” xaqida. – Toshkent: “Sharq”, 2001. 
3. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. – 
Toshkent: “O’qituvchi”, 1999.
4. Pedagogika tarixi G’ O’quv qo’llanma. K.Hoshimov, S.Nishonova, 
M.Inomova, R.Hasanov. – Toshkent: O’qituvchi, 1996. 
5. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. 
6. Trosyan V. Istoriya obrazovaniya i pedagogicheskoy mo’sli. – Moskva: 
Pedagogika, 2006. 
7. Hoshimov K., Ochil S. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. – Toshkent: 
“O’qituvchi”, 2010.
Amaliy topshiriqlar: 
1. Qur’oni karim va payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarida bayon 
etilgan nikoh, oila qurish, oilaviy munosabatlar, farzandlar tarbiyasiga qarashlarni 
jamlang va ularni jadval asosida ifodalang!
2. Turk olimi Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” asarida keltirilgan 
onaning o’z qiziga aytgan 10 ta nasihati bilan tanishib chiqing va u asosida 
bo’lajak kelinlar uchun kichik tavsiyanoma tayyorlang! 
Qizim! Senga aytadigan o’nta o’gitimga quloq sol! Bularni doimo yodda tut! 
1. Qanoat sohibasi bo’l. O’z holingga shukr qil. Ya’ni ering uyga nimaiki olib 
kelsa, u xoh eydigan xoh kiyadigan narsa bo’lsin, xushfe’llik bilan, go’zal odob 
bilan qabul qilib ol. Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko’rsat. Zero, baxtli hayot 
kechirmoqning bir yo’li o’z holiga shukr etmoqlikdir. Holiga shukr etmagan o’z 
nafsini tiymagan kishida ko’ngil huzuri, qalb rohati bo’lmaydi. 
2. Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! Ya’ni, ering 
bilan suhbatlashganda, muloqotda bo’lganda itoatli bo’lishingni, uning so’zlarini 
odob bilan tinglab ado etishingni, sening so’zlashib, quloq solishingdan tushunib 


50 
oladigan bo’lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat nuridan 
porloq bo’ladi. 
3. Eringning ko’zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber! Ya’ni uyning ichini, 
tashqarisini nihoyatda toza tut. Shunday qilki, eringning ko’ziga bir chirkin er 
ko’rinmasin. 
4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xush bo’yni sezsin, dimog’iga yomon hid 
kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko’z o’ngida sening obro’ingni tushiradi. 
Sendan irganishiga sabab bo’ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zaiflik eng 
yaxshi narsalardir. Inson ko’ziga xush ko’rinishlik shular bilandir. 
5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqtini hech qachon 
kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o’rgangan bo’lsa, o’sha paytda ovqatini 
tayyorla. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik 
insonning tez jahlini chiqaradi. 
6. Uyqu vaqtini, uyg’onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni, uning qachon uyquga 
ketish payti bo’lsa o’rnini tayyorlab qo’y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. 
Asablari buzuqlik, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-sekin 
so’ndiradi. 
7. Eringning moli va ashyosiga juda e’tiborli bo’l! Ya’ni, eringning mol-
dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-
dunyosi senikidir. Erning mol-dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga etish 
demakdir. 
8. Eringning qarindosh va yaqinlariga hurmat ko’rsat! Ya’ni eringning 
qarindoshlari va yaqinlariga hurmat uning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni 
hurmat qilish eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir. 
9. Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya’ni, eringning ba’zi sirlarini bilgan 
vaqtingda ehtiyot bo’lib, uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo’ysang, 
uning g’azabini keltirib qo’yasan, ishonchini yo’qotasan. Bunda tuzayotgan oilang 
buziladi. 
10. Eringning dinga to’g’ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Hech qachon 
unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo’lmasin. Agar bir shunday harakat bo’lsa, 
senga kek saqlab oxiri dushman bo’ladi. U senga dushmanlik yo’lini tutsa, sen 
ko’p zarar ko’rasan va qo’lingdan hech narsa kelmaydi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin