Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

№ 
Mazmuni 
O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining tegishli 
moddalari 
1. 
Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lib, jamiyat va davlat 
muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning 
ixtiyoriy roziligi va teng xuquqliligiga asoslangan holda 
tuziladi
63-modda
2. 
Huquqiy nuqtai nazardan ota-onalar o’z farzandlarini 
voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga 
majburdir
64-modda
3. 
Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik 
holatidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar
65-modda
4. 
Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar esa o’z ota-
onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar
66-modda 
Nikoh, oilaviy munosabatlar va oilada farzandlar tarbiyasini tashkil etish 
masalalari O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksida keng va batafsil 
yoritilgan.
Oila kodeksi davlat tomonidan izga solinishi talab qilinadigan munosabatlarni 
tartibga solib turadi, qolaversa, nikohdan o’tish tartibi va shartlarini belgilaydi; 
oilada er-xotin o’rtasida, ota-onalar va bolalar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasida 
paydo bo’ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; 
boshqalarning bolalarini o’ziga bola qilib olish, vasiylikka olish, homiylik qilish, 
bolalarni o’z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni 
tartibga solib turadi; nikohni bekor qilish tartibi va shartlarini belgilaydi; fuqarolik 
holati to’g’risidagi hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish tartibini belgilaydi
45
.
Ma’lumki, har qanday me’yoriy hujjatlar, shu jumladan, respublika qonun (yoki 
kodeks)lari ham muayyan vazifani hal etishga xizmat qiladi. Ana shu nuqtai 
nazardan O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilalarni mustahkamlash, 
oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-
biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ullikni his 
etishi, biror-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashshishiga 
44
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси (1992 йил 8 декабрда қабул қилинган). – Тошкент: “Ўзбекистон” 
НМИУ, 2015. – 21-22-бетлар.
45
Каримова О., Ғаффоров З. Давлат ва ҳуқуқ асослари / Дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – 463-бет. 
Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси 1998 йилнинг 30-апрелида 
қабул қилинган бўлиб, у 8 та бўлим, 30 та боб ҳамда 238 та моддадан 
иборат. 


54 
yo’l qo’ymaslik, oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirish hamda 
bu huquqlarni himoya qilish kabi vazifalarni ijobiy hal etishga xizmat qiladi
46
.
Oila kodeksining ustuvor qoidalari quyidagilar sanaladi: 
- bir nikohlilik; 
- nikohga kirishishning erkin va ixtiyoriyligi; 
- nikohni bekor qilishda erkinlikka ega bo’lish, er
yoki xotinning bu masalaga mustaqil yondasha olishlari; 
- barcha oilaviy masalalarni hal qilishda er-xotinning teng huquqqa egaligi; 
- millati, irqi, dinga munosabatidan qat’iy nazar er-xotin
hamda oiladagi boshqa a’zolarning teng huquqqa egaliklari; 
- onalik va bolalikni muhofaza qilish, rag’batlantirish; 
- davlat, jamiyatning balog’atga etmagan bolalarni tarbiyalash
to’g’risida g’amxo’rlik qilishi va ularning manfaatlarini himoyalashi; 
-
oilaviy munosabatlar jarayonida oila a’zolarining bir-birlarini
ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashlari,
bir-birlari to’g’risida g’amxo’rlik qilishlari. 
O’zbekiston Respublikasida qonunchilik asoslari nikohdan o’tishning
majburiy shartlari va tartibiga rioya etilishini talab qiladi. Nikohdan o’tishning 
majburiy shartlari
47
quyidagilardan iboratdir:
1)
nikohga kirishayotganlarning o’zaro roziligi; 
2)
tomonlarning nikoh yoshiga etgan-etmaganligi; 
3)
tomonlardan biri nikohda turgan bo’lsa, shuningdek, nasl-nasabi
shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar o’rtasida, tutashgan yoki
o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida, shu bilan birga
farzandlikka olinganlar o’rtasida nikohning tuzilishi mumkin emas; 
4)
nikohlanuvchi shaxslarning loqal bittasi ruhiy kasal yoki
aqli zaif bo’lsa va sud tomonidan muomalaga layoqatsiz
deb topilgan bo’lsa, nikoh tuzish mumkin emas. 
Nikoh yoshi O’zbekistonda ayollar uchun 17 yosh, erkaklar uchun 18 yosh deb 
belgilangan; uzrli sabablar (erkak harbiy xizmatga chaqirilayotgan, harbiy xizmatni 
o’tayotgan bo’lajak yigit nikohdan o’tish uchun qisqa muddatga yashash joyiga 
kelgan yoki u yana harbiy xizmatga qaytib ketayotgan, ayol homilador bo’lsa yoki 
bola tug’sa, shoshilinch ravishda uzoq muddatli xizmat safariga jo’nab ketishga 
to’g’ri kelsa va b. holatlar) bo’lganida nikoh yoshi bir yilga kamaytirilishi 
mumkin; bordi-yu, ota yoki onadan biri 16 yoshga to’lmagan, ammo ular o’rtasida 
farzand bo’lgan taqdirda ham ushbu holat nikohning qayd etilishi uchun asos bo’la 
olmaydi; yoshlar FHDYo organlariga ariza berilgan vaqtda emas, balki nikoh qayd 
etiladigan vaqtda nikoh yoshiga etgan bo’lishlari shart; mamlakat qonunchiligi 
asoslariga ko’ra nikohdan o’tish yoshining oxirgi muddati belgilanmagan; nikohga 
kirishuvchilarning yoshi o’rtasidagi farq ham ahamiyatli deb topilmagan.
46
Karimova O. Huquqshunoslik / Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – Toshkent: “Sharq” 
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007. – 106-бет. 
47
Ўша манба. – 107-бет. 


55 
Yuqorida qayd etilgan shartlarga asoslanish bilan birga nikohning qayd qilinishi 
muayyan tartibga asoslanadi. Ushbu tartib quyidagichadir: 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin