Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Ota-onalarning huquq va burch (majburiyat)lari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Ota-onalarning huquq va burch (majburiyat)lari.
Oilaviy munosabatlarni 
tashkil etishda ota-onalarning muayyan burch va huquqqa egaliklari muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, oilaviy munosabatlarning mo’’tadil kechishida 
ota-onalar tomonidan ularning zimmalaridagi burchlarni og’ishmay bajarishlari, 
ayrim holatlarda esa ota-onalik huquqlaridan foydalana olishi ham ahamiyatlidir. 
Ota-onalarning huquq va majburiyatlari qonunchilik asoslariga ko’ra tartibga 
solinishi oilaviy munosabatlarning mo’’tadil kechishini ta’minlaydi. Quyida 
mamlakatimizda amal qilayotgan qonunchilik asoslariga ko’ra ota-onalarning 
burch va majburiyatlari xususida so’z yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi asoslariga ko’ra huquqiy jihatdan 
ota-onalarning 
farzandlar 
bilan 
munosabatlari: 
shaxsiy 
hamda 
mulkiy 
munosabatlar tarzida guruhlanadi.
Huquqiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, ota-onalarning farzandlar bilan 
bo’ladigan shaxsiy munosabatlariga quyidagilar kiradi: 
1) ism, otaning ismi va familiyani tanlashi; 
2) ota-onaning o’z fardantlarini tarbiyalash, shuningdek,
farzandlarning ota-onadan tarbiya olishi; 
3) ota-onaning farzandlari nomidan vakillik qilishlari; 
4) farzandlarning o’z huquq va manfaatlarini himoya qilishlari. 
Farzandga ota-onaning roziligi asosida ism, otasining ismi va familiyasi 
qo’yiladi. Agarda ota-onaning familiyasi bir xil bo’lsa, tabiiy ravishda ana shu 
familiya farzandning ham familiyasi sifatida e’tirof etiladi. Bordi-yu, ota hamda 
onaning familiyasi turlicha bo’lsa, u holda farzandga ularning kelishuvlari asosida 
ulardan birining familiyasi qo’yiladi. Shunday holat ham bo’lishi mumkin, ota-
onaning familiyasi turlicha va ular farzandga qaysi birlarining familiyasini qo’yish 
borasida kelisha olmayapti. Bu kabi vaziyatda ular vasiylik qiluvchi organga 
yozma ariza bilan murojaat qilishlari zarur va ushbu organ yordamida muammo hal 
qilinadi.
Familiya berish farzand dunyoga kelgach, uning tug’ilganligi ro’yxatga 
olinayotgan paytda amalga oshiriladi. Agarda ota va ona o’rtasidagi nikoh bekor 
qilingan bo’lsa, u holda farzand o’zi tug’ilgan vaqtda olgan familiya bilan qoladi. 


58 
Bordi-yu, farzand familiyasini o’zgartirgan ota yoki ona bilan qolgan bo’lsa, ota 
yoki ona farzandning o’z familiyasiga olish to’g’risida vasiylik organiga yozma 
ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Mazkur vaziyatda bu xususida ikkinchi 
tomonga ma’lum qilinishi mumkin. Biroq, ikkinchi tomonning roziligi talab 
etilmaydi. Aksariyat holatlarda farzandni o’z qaramog’iga olgan ota yoki onaning 
ariza ijobiy ravishda qondiriladi.
Ota-ona o’z farzandlarini ular to voyaga etgunlariga qadar tarbiyalash borasida 
muayyan majburiyatga egadirlar. Garchi ota-ona o’rtasidagi nikoh bekor qilingan 
bo’lsa ham ota-ona o’z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burchlarini 
zimmalaridan soqit eta olmaydilar. Bordi-yu, ota va ona alohida yashayotgan 
bo’lsa, u holda farzandning kim bilan yashashini ularning o’zlari hal etish 
huquqiga egalar. Agarda ota va ona ushbu masalani o’zlari hal qila olmasalar, u 
holda yozma ariza bilan sud organiga murojaat qiladilar. Sud organi ota yoki 
onadan qaysi bilan farzand to’g’risida ko’proq g’amxo’rlik qilayotganligini, uning 
yoshini, bolaning ota-onadan qay biriga ko’proq moyillik bildirishini, uning har 
tomonlama kamol topishi uchun zarur shart-sharoitni yaratib bera olish 
imkoniyatiga egaligini o’rganib chiqadi va qaror qabul qiladi. Nikohdan 
ajralayotgan ota-onaning qay biri bilan yashashni farzandning o’zi ham hal qilishi 
mumkin. Biroq, buning uchun u 10 yoshga to’lgan bo’lishi kerak.
Mamlakatimiz qonunchilik asoslariga ko’ra ota-ona voyaga etmagan o’z 
farzandi bilan birga yashash huquqiga ega.
Ota yoki onadan biri ota yoki onalik huquqidan sud organi qarori bilan mahrum 
etilmagan bo’lsa, u holda farzand ota yoki ona bilan yashashidan qat’iy nazar 
ikkinchi tomon u bilan doimiy aloqada bo’lish va uning tarbiyasida ishtirok etish 
huquqini saqlab qoladi. 
“Ota bilan ona o’z bolasini qonun yoki sud qarori asosida ushlab turgan har 
qanday shaxsdan uni qaytarib berishni talab qilishi mumkin. Shu bilan birga sud 
bunday qilish bolaning manfaatlariga ziddir, degan xulosaga kelsa, bolani o’z ota-
onasiga topshirish xususidagi da’voni rad etishga haqlidir”
49
.
O’z farzandlariga nisbatan vakillikni ham ota-onalar amalga oshiradilar. Ota-
onalar o’z farzandlari yoki farzandlikka olingan voyaga etmaganlar uchun qonuniy 
vakil sanaladilar. Qonuniy vakillik O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, 
Fuqarolik kodeksi hamda Fuqarolik-protsessual kodeksi asoslari bilan tartibga 
solinadi.
Ota-onalar balog’atga etmagan farzandlarini nazorat qilib turishga majburdirlar. 
15 yoshga to’lmagan farzandlarga etkazilgan zarur uchun huquqiy nuqtai nazardan 
ota-onalar javob beradilar. Huquqiy asoslarga ko’ra, 15 va 18 yoshlar orasidagi 
voyaga etmagan bolalar tomonidan ijtimoiy sub’ektlarga etkazilgan har qanday 
zarar uchun ota-onalar umumiy tarzda javobgardirlar. Shu sababli ushbu yosh 
oralig’idagi voyaga etmaganlar tomonidan keltirilgan zararning o’rnini ularning 
maoshi yoki shaxsiy mulki bilan qoplashning imkoni bo’lmasa, u holda ota-onalar 
o’z hisoblaridan to’lashlari shart.
49
Каримова О., Ғаффоров З. Давлат ва ҳуқуқ асослари / Дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – 486-бет. 


59 
O’z farzandlari yoki farzandlikka olinganlarga nisbatan ota-ona teng huquq va 
majburiyatlarga ega bo’lish bilan birga ularning tarbiyasi, kamoloti uchun 
javobgardirlar. Huquqiy nuqtai nazardan ota-onalar farzandlarining sog’ligi, 
shuningdek, jismoniy, ruhiy ma’naviy-axloqiy kamoloti to’g’risida g’amxo’rlik 
qilishga majbur sanaladilar. Shu bilan birga farzandlarning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish ham ota-onalarning zimmalariga yuklatiladi. 
Qonunan ota-onaning, ota-onalik huquqiga ega bo’lishi farzandlarning 
manfaatlariga zid tarzida amalga oshirilishi mumkin emas. Farzandlarning 
manfaatlarini ta’minlash nafaqat huquqiy, shu bilan birga insoniylik nuqtai 
nazardan ham ota-onaning asosiy vazifasi bo’lishi zarur. 
Ota-onalarning, ota-onalik huquqlari farzandlar “o’n sakkiz yoshga 
to’lganlarida (voyaga etganda), shuningdek, voyaga etmagan bolalar nikohga 
kirganlarida hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda bolalar voyaga 
etmasdan to’la muomala layoqatiga ega bo’lganlarida tugaydi”
50

Farzandlar bilan ularning ota-onalari o’rtasida shaxsiy munosabatlar bilan birga 
mulkiy munosabatlar ham yo’lga qo’yiladi. Ota-ona va farzandlar o’rtasidagi 
mulkiy munosabatlar, asosan, aliment va mulkka doir munosabatlar tarzida 
kechadi.
Qonunga muvofiq balog’atga etmagan farzandlarni boqish ota-onaning 
zimmasidagi eng asosiy vazifa sanaladi. Hayotda ko’p hollarda ota, kam 
vaziyatlarda esa onaning o’z farzandlarini tashlab ketishi hodisasi ham kuzatiladi. 
Shunday vaziyatda sud qaroriga ko’ra farzandlarini tashlab ketgan ota yoki ona 
aliment to’lashga majbur qilinadi. Aliment to’lashga o’z farzandlarini tashlab 
ketgan ota yoki ona ularning yoshi, ijtimoiy holati, ish bilan ta’minlanganlik 
darajasi yoki moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar majburiydir. 
“Aliment balog’atga etmagan bolalar foydasiga undiriladi va ish haqidan 
bolalar soniga qarab foiz hisobida to’lanadi: bir bolaga daromadning ¼ qismi, ikki 
bolaga ⅓ qismi, uch va undan ko’p bolaga ½ qismi to’lanadi. Ikki yoki undan 
ko’p bolaga aliment to’lashda har bir bolaga aliment to’lash muddati tugaganligi 
ko’rsatilishi kerak”
51
.
O’zbekston Respublikasida aliment to’lash tartibi Oila kodeksi asoslariga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Meros qilib, shuningdek, shartnoma bo’yicha olingan hamda ishlab topilgan 
mablag’ga sotib olingan mulkka egalik qilishga farzandlar, shu jumladan, 
balog’atga etmagan farzandlar ham haqlidirlar. Huquqiy jihatdan farzandlar ham 
o’zlarining shaxsiy mulki (kiyim-kechaklari, poyafzallari, ish yoki o’quv qurollari, 
sovg’a sifatida olingan buyumlar, o’yinchoqlar va b.)ga ega. Ota-ona va 
farzandlarning mulki alohida-alohida bo’ladi. Garchi bir-birlarining buyumlaridan 
foydalana olsalar-da, farzandlar hayotliklari vaqtida ota-onalarining mulkiga egalik 
qila olmaganlaridek, ota-onalar ham farzandlarining shaxsiy mulklariga egalik qila 
olmaydilar.
50
Karimova O. Huquqshunoslik / Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – Toshkent: “Sharq” 
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007. – 117-бет. 
51
Каримова О., Ғаффоров З. Давлат ва ҳуқуқ асослари / Дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. – 488-бет. 


60 
Garchi avval O’zbekistonda keng ommalashmagan bo’lsa ham ota-onalar bilan 
farzandlar o’rtasida mulkdan foydalanish yuzasidan qonunda ko’zda tutilgan turli 
bitimlarni tuzish imkoniyatiga egalar, shuningdek, ular hissadorlik asosida mulkka 
ega bo’lishlari mumkin. M: ota-onalar va farzandlar hissadorlik asosida uy-joy, 
dala hovli va xizmat ko’rsatish shahobchalarini qurishlari, ularda hamkorlikda ish 
yuritishlari mumkin.
Demak, ota-onalar to farzandlari voyaga etgunlariga qadar ular to’g’risida 
g’amxo’rlik qilishlari, boqishlari, ularning har jihatdan kamolga etishlarini 
ta’minlashlari zarur.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin