Oila bilan ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlikning uzluksiz bo’lishiga
erishila olmayotganligi
. Ayni vaqtda O’zbekistonda ta’lim muassasasi, mahalla va oila
o’rtasida mustahkam hamkorlikni qaror toptirilishini ta’minloashga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Ta’lim muassasasi, mahalla va oila hamkorligi Kontseptsiyasi ushbu
e’tiborning yorqin misoli sanaladi. Kontseptsiya g’oyalari ta’lim muassasasi,
mahalla va oila o’rtasidagi hamkorlik asosida yoshlar tarbiyasini samarali tashkil
etilishini ifodalaydi. Mazkur g’oyalar qanchalik ezgu bo’lmasin, biroq, ularga amal
qilishda ta’lim muassasalari va oilalarning tashabbuskorligi etarlicha bo’lmayapti.
Bu esa o’z-o’zidan oilalarda tashkil etilayotgan bolalar tarbiyasining kutilgan
darajada qoniqarli bo’lmasligiga olib kelmoqda.
Ta’lim muassasasi, mahalla va oila hamkorligi Kontseptsiyasi g’oyasiga ko’ra
ijtimoiy pedagoglar oilaviy masalalarni hal qilish, oila hayotiga doir turli
muammolarni bartaraf etishda ota-onalarga amaliy yordam ko’rsata olishlari zarur.
Ijtimoiy pedagog tomonidan o’z faoliyatining rejali amalga oshirilishi kutilgan
natijalarni kafolatlaydi. Hayotiy tajribalar
ijtimoiy pedagog faoliyatining quyidagi
reja asosida tashkil etilishi
maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatmoqda:
- oiladagi munosabatlarni insoniylashtirish (bugungi kunda ota-onaning
farzandlarga nisbatan avtoritar munosabati, ularning oldiga qo’yayotgan talablari
o’zini oqlamaydi; aksincha, samimiylik, yaxshilik, ko’rsatiladigan aniq amaliy
yordam, ota-onaning oila muammolariga qiziqishlari, ota va onaning o’zaro
hamjihat, hamfikr ekanliklari, oila hayotiga oid turli masalalarni birgalikda, o’zaro
maslahatlashgan holda hal qilish farzandlar kelajagining porloq bo’lishini
ta’minlaydi);
- mahalla va oila imkoniyatlarini birlashtirgan holda turli oilalarga tegishli
muammolarni samarali hal qilish;
- oila masalalari bilan shug’ullanuvchi turli ilmiy markazlar, nodavlat
tashkilotlar, gumanitar yordam jamg’armalar faoliyatlarini o’zaro uyg’unlashtirish,
hamkorlikda oila sharoitida bolalarni samarali tarbiyalashga doir maxsus
dasturlarni ishlab chiqish.
Har qanday jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi shaxslararo
munosabatlar ko’lami va mazmuniga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston
88
Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi shaxslararo
munosabatlar doirasining yanada kengayishi va bir qadar murakkablashuviga olib
keldi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotida axborotlar, ularning almashinishi va tezligi
ustuvor ahamiyatga ega. Axborotlar almashinuvi turli madaniyatlar, shuningdek,
G’arb va Sharq axloqiy qarashlarining o’zaro uyg’unlashishini ta’minlaydi. Bu
ijobiy hol bo’lib, jamiyatning, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi va yanada
takomillashuviga xizmat qiladi. Biroq, so’nggi yillarda G’arb va Sharq madaniyati
hamda axloqiy qarashlarining o’zaro uyg’unligi ilg’or xususiyat kasb etishi bilan
birga milliy qadriyatlarning muayyan darajada inkor etilishiga sabab bo’lmoqda.
Boshqada aytganda, “G’arbdan namuna olish” an’anasi yuzaga kelmoqda. Shu
sababli millatning milliyligini ifodalovchi milliy madaniyatni saqlab qolish, milliy
axloqiy qarashlarning avloddan avlodga meros bo’lib o’tishini ta’minlash oilaning
o’ziga xos o’rni mavjudligi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Oila shaxsni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda etakchi tarbiya maskani
hisoblanadi. Zero, katta yoshli oila a’zolarining milliy axloqiy qarashlari va
yondashuvlari misolida farzand atrofdagilar bilan munosabatda milliy axloq
mezonlari (ota-ona yoki keksalarni qadrlash, kattaga hurmat, kichikka izzat, tongda
turib, ezgu niyatlar qilish, shaxsiy manfaat va qiziqishlarining oila sha’ni va
obro’siga ziyon etkazmasligi, mehmondo’stlik, qarindoshlik rishtalarini
mustahkamlash, qo’ni-qo’shnilar bilan yaxshi munosabatda bo’lish, o’zgalardan
yordamni ayamaslik, imkoniyati cheklangan shaxslarga nisbatan rahm-shafqat va
muruvvat ko’rsatish va b.q.)ga rioya qilish ko’nikmalarini o’zlashtirib boradilar.
“Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni
ko’rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo’lib, bu muhitda shaxs
kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash
shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko’radi,
jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy
munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi”
66
.
Oila ijtimoiy maqomining yuqori bo’lishi, oilaviy munosabatlarning milliy
xususiyat kasb etishida uning demografik holati muhim ahamiyatga ega. Ya’ni:
1) ko’p bolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanib qolayotganligi
oilaviy munosabatlarning barqarorligini ta’minlaydi hamda oila tarbiyasi
samaradorligini ta’minlovchi omil va ko’nikmalarning avloddan-avlodga o’tishini
ta’minlaydi. Bunday oilalarda jamoaviylik katta kuch bo’lib, yuzaga keluvchi har
bir muammo birgalikda hal qilinadi;
2) kam bolali o’zbek oilalarida individuallik, “men”lik ustuvor o’rin tutadi. Ota-
ona yoki katta yoshdagi oila a’zolari bola (bir nafar) yoki bolalar (ikki nafar)ning
xohish-istaklarini doimiy ravishda inobatga oladilar. Ularning shaxsiy manfaatlari
oilaning umumiy manfaatlaridan ustun turadi, iste’molchilik kayfiyati yuqori.
Zamonaviy oilalarga xos bo’lgan xususiyatlardan yana biri – bu huquqiy
mazmundagi oilaviy munosabatlarning tartibga solinishi sanaladi. Oilaning
66
Педагогика назарияси ва тарихи. Педагогика назарияси. 1-қисм / Олий таълим муассасалари учун дарслик.
М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий таҳрири остида. М.Х.Тохтаходжаева ва б. – Тошкент: “Iqtisod-moliya”,
2007. – 285-бет.
89
huquqiy xususiyatlari o’quv qo’llanmaning “Oilaning huquqiy asoslari. Ota-onalar
va farzandlarning huquq va burch (majburiyat)lari” mavzusida batafsil
yoritilganligi bois shu o’rinda ushbu masalaga qayta to’xtalib o’tishga hojat yo’q.
Talabalar mazkur holatda avval o’zlashtirgan bilimlarini yodga oladilar.
Shunday qilib, oilalarda oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning
uzoqlashuvi oila tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirishni
taqozo etmoqda. Ana shunday yondashuvlardan biri – bu oilalarga ijtimoiy-
pedagogik yordam ko’rsatish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagoglar tomonidan oilaga
tarbiyaviy yordam ko’rsatishda uning qarindoshlikka asoslanib, oila a’zolarini
birga yashashlarini ta’minlovchi kichik ijtimoiy guruh yoki oila a’zolarining
kundalik hayot kechirishlarini ta’minlovchi ijtimoiy institut sifatidagi rolini
kuchaytirishga e’tibor qaratish zarur.
Dostları ilə paylaş: |