92
Ota-onalar oila sharoitida ma’naviy-axloqiy tarbiyani uyushtirishda bolalarning
eng oliy axloqiy sifatlar – ota-onani hurmat qilish, oilaning katta yoshli a’zolarga
g’amxo’rlik ko’rsatish, atrofdagilarga mehr-muhabbatli bo’lish, kattalarni izzat
qilish, to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, insonparvarlik, or-nomus, g’urur,
vijdon, saxiylik, har qanday jarayonda ham adolatli bo’lish, intizomlilik, ijtimoiy
faollik, chin fuqarolik, oilaparvarlik va boshqalarni shakllantirishga alohida e’tibor
qaratishlari lozim.
“Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi sog’lom muhit, oila
a’zolarining psixologik jihatdan o’zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy
yondashuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo’llab-
quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan
qo’yilayotgan talablar, shuningdek, ularga ko’rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo’lishi
oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan
an’ananing qaror topganligi, unga oila a’zolari tomonidan bildirilayotgan hurmat,
shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda
erishgan (garchi u oddiy bo’lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati
borasidagi suhbat yoki xotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e’tiqodning
shakllanishini ta’minlaydi”
68
.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya negizida vatanparvarlik tarbiyasi, uni tashkil etish
ham muhim o’rin tutadi. Mustaqillik yillarida oilalarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani
tashkil etish jarayonida bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ham jiddiy
e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Zero, mamlakat mustaqilligi va yurt
ozodligi vatanparvar shaxslarning sa’i-harakatlari evaziga ta’minlanadi. Vatan
mustaqilligiga erishish qanchalik qiyin bo’lsa, uni himoya qilish, mustaqillikni
saqlab qolish ham shunchalik murakkab jarayondir. Shu sababli oilalar ham ta’lim
muassasalari kabi mamlakat mustaqilligini himoyalashga tayyor bo’lgan vatanparvar
shaxslarni tarbiyalab voyaga etkazishga o’z hissasini qo’sha olishi kerak. Oilada
vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etar ekanlar, ota-onalar, eng avvalo, o’z farzandlari
ongiga vatanparvarlik va vatanparvar shaxs tushunchalarini singdira olishlari lozim
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: