90
A. Oilaviy kitobxonlik shaxsning madaniy saviyasini oshirishda yo’lga qo’yish
mumkin va lozim bo’lgan faoliyat turidir. Buning uchun ota-ona yoki oiladagi
yoshi va ta’siri ulug’ kishi tashabbus ko’rsatib, oila a’zolarining umumiy
qiziqishlarini hisobga olgan holda biror kitobni tanlab kechki ovqatdan so’ng
qiroat bilan o’qib berishi kerak bo’ladi. Oilaviy kitobxonlik har kuni yoxud
haftaning ma’lum kunlari qat’iy tartibda yo’lga qo’yilsa, bolalarda badiiy kitobga
qiziqish o’z vaqtida va qat’iy tarzda shakllanadi.
V. Ota-boblarimiz farzandlarga hamisha bir-birlari bilan inoq, totuv, hamdard,
hamfikr bo’lib yashash inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega ekanligini
uqtirib kelganlar... Oilada tinchlik-totuvlik, halovat ko’p jihatdan aka-ukalarning
ahilliklariga bog’liq. Odatda og’alar o’z inilariga yaqin do’st, maslahatchi
bo’ladilar, ukalar o’z yo’lini topib olguncha, ularga moddiy va ma’naviy yordam
berib turadilar. O’zbek odatlariga ko’ra, katta o’g’illar o’z kiyim-kechaklarini,
asbob-anjomlarini, qalam-dovot, kitob-daftar va b. buyumlarini avaylab tutadilar.
Chunki bu buyumlar o’zlaridan keyin ukalarga o’tadi.
S. Oilaviy an’analar – oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga
kelgan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, oila a’zolari ma’naviy
shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa. Oilaviy an’ana ... oila
a’zolari e’tirof etgan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi. Oila ichidagi yaxshi
munosabatlar shaxsning har tomonlama shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Oilaviy an’analar bu munosabatlarni yanada mustahkamlaydi va bolalarga ularning
ta’sirini kuchaytiradi. Ular madaniyat va ma’naviy hayotni rivojlantirishda,
avlodlar vorisligini ta’minlashda, jamiyat va shaxsning barkamol rivojlanishida
muhim rol o’ynaydi.
2. Kichik guruhlarda “Baliq skeleti” grafik organayzeri yordamida zamonaviy
oilalarga xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang.
Dostları ilə paylaş: