97
bo’lgan intilish aks etadi. Qolaversa, “axloqiy va estetik qarashlar mazmuni
o’zgargan bir sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani to’g’ri va samarali
tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq soxta go’zalliklar
(yarim yalang’och yoki yalang’och badan, me’yoridan ortiq qo’llanilgan pardoz,
urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar “mahsuli”, o’ta darajadagi yaltiroq
mato yoki taqinchoqlar) go’zallikning timsoli emasligini anglab etishlari lozim.
Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy go’zallik (yam-yashil tabiat, nafis qor uchquni,
nozik gullar, beg’ubor osmon, viqorli tog’lar, tiniq zilol suv, toza, musaffao havo,
bepoyon dalalar, qushlarning yoqimli ovozi, sharqiroq suv, “chuchvara”lar hosil
qilayotgan yomg’ir tomchilari, kamalak jilosi, shuningdek, ochiq, xushsurat,
chiroyli tabassum, shirali ovoz, ta’sirchan badiiy va san’at asarlari, yuksak mahorat
bilan yaratilgan o’yinchoqlar (bolaning asabini junbushga keltiradigan elektron
o’yinchoqlar emas), yarashiqli liboslar va boshqalar)ning namoyon bo’lishi uchun
shart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda haqiqiy go’zallikni his
etish tuyg’usi tabiat bag’rida, muzey, ko’rgazma, kino va teatrlarda bo’lish tufayli
shakllanadi. Shu bois maktabgacha ta’lim muassasalari hamda boshlang’ich sinf
o’quvchilari bilan tabiat bag’riga, muzey, ko’rgazma, kino va teatrlarga
uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir”
81
.
Dostları ilə paylaş: